Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish Reja
Download 299.49 Kb.
|
Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Eksport
- 3. Import
2 О‘zbekistonning statistik axborotnomasi.-T.: Davlat statistika qо‘mitasi.-2016y. Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2015 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 58,8 foizi eksportga, qolgan qismi importga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni, importga nisbatan eksport hajmi ko‘p bo‘lgan. Agar 2013-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, shu yillari ham jami savdo aylanmasida eksportning salmog‘i yuqori bo‘lganligini ko‘ramiz. Masalan, 2013 yilda jami savdo aylanmasi miqdori 21209,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan holda eksport 11771,3 mln. AQSh dollarini yoki bu umumiy miqdorning 55,5 foizini tashkil etgan. 2010 yilda esa jami tashqi savdo aylanmasi miqdori 21842,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan holda eksport 13044,5 mln. AQSh dollarini yoki bu umumiy miqdorning 59,8 foizini tashkil etgan. Xulosa qilib aytganda, so‘ngi 3 yil ichida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksportning salmog‘i importga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu respublikamizga katta miqdorda valyuta mablag‘larini kirib kelishiga sharoit yaratadi. Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishga, dunyoning turli mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, tashqi savdoni takomillashtirish orqali jahon bozor tizimiga integratsiyalashish tomon yo‘l tutdi. Bugungi kunda eksportni rivojlantirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab chikarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir. Eksportni kengaytirish — respublikaga erkin muomaladagi valyutaning kirib kelishini kuchaytirish hamda milliy valyutani barqarorligini ta’minlaydi. Download 299.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling