Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet1/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Ergash Gʻoziyev
ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASI
Nazariy-eksperimental tahlsh
«Sh8N1K»
Toshkent
2010

shshsh
UDK: 37.015.32
28.03 Gʻoziyev, Ergash.
Gʻ57
Ontogenez psixologiyasi: nazariy-eksperimental
taxlil/E.Gʻoziyev; O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti. - T.: Iozgsh",
2010. 360 b.
BBK 28.03
Taqrizchilar:
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
umumiy psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori,
professor Z.T. Nishonova;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
pedagogik psixologiya va pedagogika kafedrasi mudiri,
psixologiya fanlari nomzodi, dosent N.M. Majidov.
Mazkur monografiya ontogenez psixologiyasi muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda psixologiya fanida olib borilgan nazariy-eksperimental tadqiqot natijalari tahlil qilingan va umumlashtirilgan. Monografiyada ushbu yo‘nalishning maqsadi, vazifalari, ahamiyati, prinsiplari, mexanizmlari, qonuniyatlari, metodologiyasi va fenomenologiyasi to‘g‘risida mukammal mulohazalar bildirilgan. Sohaga doir uzoq va yaqin xoriJ mamlakatlari psixologlarining nazariyalari, yondashuvlari talqin qilingan, o‘ziga xos jihatlari alohida ajratib ko‘rsatilgan.
Monografiya bir necha qismdan iborat bo‘lib, unda ontogenez psixologiya-sining rivojlanish bosqichlari, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, o‘smirlar psixologiyasi, ilk o‘spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari, o‘spirinlik davrining o‘ziga xosligi, yetuklik davri muammolari, keksalik psixologiyasi (psixogerontologiya) yuzasidan fikr, mulohaza, mushohada bayon qilshadi. Shuningdek, inson shaxsi kamolotini aniqlovchi metodikalar, testlar, metodlar izchil ravishda, iyerarxik tarzda joylashtirilgan.
Monografiya psixologlar, sosiologlar va pedagoglarga mo‘ljallangan.
18VI 978-9943-353-37-4 © «MoyaMg» pazЬpuoN, 2010 y.

SO‘Z BOSHI
XX asrning oxirida ijtimoiy hayotimizdagi inqilobiy o‘zgarishlar, mustaqillik, respublikamizda demokratiyaning tan-tanasi uchun kurash, huquqiy davlat tuzishga intilish insonparvar psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o‘rganish, ulardan turmushda oqilona foydalanishni talab qiladi. Mazkur psixologiyaning g‘oyalari erk sharofati, demokratik harakatlar va oshkoralikning mamlakatimizda keng quloch yoyishi tufayli ijtimoiy turmushning barcha jabhalariga kirib bormoqda.
Ko‘p yillar mobaynida mustaqillikka erishgunga qadar inson-ning haq-huquqlarini cheklashga asoslangan ijtimoiy tarbiya — xalqqa robot sifatida munosabatda bo‘lishga, uni buyruqni so‘zsiz bajarish va itoatkorlikka odatlantirishga qaratilgani uchun haqiqiy etnopsixologik, umumpsixologik, ijtimoiy—psixologik va psixogerontologik qonuniyatlarni fuqarolardan mutlaqo sir tutgan.
Ozodlik boy ma’naviyat va ruhiyat ilmidan oqilona, odilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo qilmoqda. Hozirga qadar yosh psixologiyasining, ya’ni ontogenez psixologiyaning sohalari — chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, maktabgacha, kichik maktab, o‘smirlik, o‘spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish, keksalik davrlari bo‘yicha bebaho ilmiy-amaliy ma’lumotlar to‘plangan. Endigi, ya’ni XXI asrdagi asosiy vazifa ana shu ma’lumotlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qo‘llashdan iborat. Odamga chaqaloqligidan keksalik davrigacha (ontogenezda) uning ichki imkoniyati, mayli, iqgidori, iste’dodi, qobiliyati, aql-zakovati, qiziqishi, irodasi, his-tuyg‘usi, diqqati va bilish (kognitiv) jarayonlarining xususiyatlariga binoan individual munosabatda bo‘lish ontogenez psixologiyasining insonparvarlik g‘oyalaridan biridir. Uning muhim xususiyati har bir davrdagi rivojlanishning o‘ziga xos qulay (senzitiv) holatidan unumli foydalanishdir va faqat ana shundagina o‘sishdan orqada qolishning oldini olish mumkin.
3
Har bir ontogenez davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir o‘gkazish insonda o‘z vaqgida o‘zini o‘zi anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini o‘zi anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o‘z huquqini o‘zi his etish, o‘zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatlardagi qarama-qarshilik, ziddiyat, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o‘zgarishi — nazariya bilan turmush nomutanosibligining mahsulidir. Odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, ideal, muomala, muloqot, mustaqil xulq-atvorni samarali shakllantirish ko‘proq yuqoridagi omillarga bog‘liqdir. Kishidagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilish, iroda sifatlarini aniklash va ularga yosh (ontogenez) psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning barcha bosqichlarida, ijtimoiylashishda uning samaradorligini oshirish ontogenez psixologiyasining qonuniyat-lariga suyanmog‘i zarur. Bolalar jamoasi, oila muhiti, mehnat jamoalarida shaxslararo iliq munosabatlarni shakllantirish yosh davri xususiyatlarini inobatga olishning mahsuli sanaladi. Hatto, kishining uzoq umr ko‘rishi va unda ishchanlik qobiliyatining saqlanishi, istiqbol rejasi va ezgu-maqsadi bilan yashashi ham yosh xususiyatlarini hisobga olgan hodda muloqotda bo‘lishning mevasidir. Umuman, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida ontogenez psixologiyasidan foydalanish ta’lim va tarbiyaning, shaxslararo ijobiy munosabatlar o‘rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir.
Bo‘lajak o‘qituvchilar, shuningdek, barcha fuqarolar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, o‘qituvchi va shaxslar ijtimoiy hayotda o‘ziga yuklangan turli vazifa va rollarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ontogenez psixologiyasi ma’lumotlarini qo‘llashi shart.
Muallif ontogenez psixologiyasi bo‘yicha murakkab ilmiy tadqiqotlarga asoslanib yaratilgan ushbu monografiya haqidagi fikr va mulohazalarni kutadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling