Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet4/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

M= m/p formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi. M— yig‘indi, i — variasion miqsor, p — sinaluvchilar yoki ob’yektlarning sanog‘ini bildiradi.

  • st = 4s /p - 1 formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni hisoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. a — kvadratik og‘ish, s — dispersiya, p — miqdor.

  • S = 1(i - M)1 — son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan "S — dispersiya deb ham ataladi.

  • Psixologik tajribalarda olingan miqdorning, qo‘llangan metodikaning ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish mumkin: 1= (X- X )/st, bunda I— ishonch-lilik belgisi, X— son qatoridagi yuqori ball, X — o‘rtacha arif-metik mikdor, s — kvadratik og‘ish alomati.

    Psixologik tajribalarda Myordokning ko‘chish foizlarini aniqlovchi formula: (ye - S)/(ye - S) • 100, bunda ye — sinaluvchi-larning to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarini hisoblashga xizmat qiladi. Ikkala miqdorning nisbati birining ikkinchisidan qay darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi. Bunda "S" — nazorat, tajriba guruhini anglatadi.
    Tafakkurning so‘z-mantiqtejamkorligi xususiyatini aniqlashda quyidagi formula qo‘llanadi (Z.I.Kalmikova tadqiqotlarida):
    TST= yeK{/yeK2 ;
    yeKx sinaluvchilar topshiriqni bajargani uchun olgan ballar yig‘indisi; yeK7sinaluvchilar maksimal darajada baldar to‘plashi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar. Topshiriqechimi uch balli shkala bilan
    16
    o‘lchanadi. To‘g‘ri yechgani uchun "2" ball, noto‘g‘ri yechgani, yechishga intilgani uchun "1" ball va, nihoyat mutlaqo yechmagani uchun "0" ball qo‘yiladi.
    Yuqoridagi statistik metodlar tajribalarda olingan qiymat-larning ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari ko‘p va biz ularning eng soddalariga to‘xtab o‘tdik, xolos.
    To‘plangan materiallarni psixologiktaxdil qshshsh metodi mazkur fan uchun alohida ahamiyatga ega. Unda aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi), tekshiruvchi tajribalarda olingan har xil shakldagi ma’lumotlar turli prinsip, pozisiya, ko‘p qirrali (kompleks) va yaxlit (sistemali) yondashishga asoslanib mantiq yordamida psixologik tahlil kilinadi. Barcha fikr va mulohazalar ishonchli omillar orqali isbotlab beriladi, psixologik qonuniyat, qonun, xususiyat, xossa, holat va kamolotning o‘ziga xosligi asoslanadi. Material alohida guruhlar va sinflarga ajratiladi, psixologik voqelikning boshqa jihatlari bilan uzviy sababiy bog‘liqligi, ichki murakkab munosabati bayon qilinadi, sinaluvchilar muayyan toifalarga kiritiladi va tadqiqotdan yakuniy xulosa chiqariladi.
    Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchisi — sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiqyo‘sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi — sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilat-larining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta’rif hamda tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
    Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’yektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi. Jumladan, inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.
    17
    Lekin tajribada to‘plangan ma’lumotlarni sharhlash uchun yuqoridagi metodlarning o‘zi yetarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yig‘ylgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning birinchi — tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun yoki qonuniyat to‘g‘risidagi taxmin, faraz tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida tajriba o‘gkazish prinsipi, sharoiti, ob’yektiv va sub’yektiv omillar bo‘yicha mulohaza yuritiladi. Uchinchi bosqichda esa olingan miqsoriy natijalar qayta ishlanadi va bu ham o‘z navbatida to‘rt pog‘onaga bo‘linadi: a) empirik materialni birlamchi taxdil qilish: alohida olingan yoki topilgan omil, alomat, ko‘rsatkich, mexanizm, xususiyat sharhlanadi; b) tahlil qilingan miqdoriy materiallar bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharhlanadi; v) ikkilamchi tahlil; barqaror, ustun dalillar ajratiladi; g) ikkilamchi sintez: psixologik qonun, qonuniyat, topilgan dalil, omil bilan tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosa chiqariladi.
    To‘rtinchi bosqich — sharxdashda har bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, mexanizm, xossa psixologik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hech bir shubhaga, e’tirozlarga o‘rin qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi zarur muammoning ahamiyati va istiqboli to‘g‘risida mulohaza qilinadi.
    Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanadigan empirik metodlar haqida kengroq ma’lumot beramiz.

    Download 1.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling