20. Oʻzbekistonda tarqalgan baliqlarning asosiy qismini karpsimon baliqlar tashkil etadi.
21.O’zbekiston baliqlari ichida tiriktug’uvchi vakillari mavjudmi?
21. Oʻzbekistonda tirik tugʻuvchi baliqlar uchraydi. Masalan: Shimoliy Amerikadan bizga iqlimlashtrilgan Gambussa Kalbrooki yani Gambuziya.
22. Invaziv baliq turlariga misol keltiring.
22. Invaziv turlar - maʼlum areal uchun begona boʻlgan, asosan antropogen taʼsir natijasida kelib qolgan va populyatsiyasini hajmi yildan-yilga kengayotgan turlarga nisbatan aytiladi. Masalan Shimoliy Amerikadan bizga iqlimlashtrilgan Gambuziya. Bu baliq bir yilda bir necha marta nasl berishi, yirtqichligi sababli invaziv hisoblanadi. Yana Afrika laqqasi deb nomlangan baliqni ham olish mumkin. Ushbu baliq hammaxoʻr hisoblanib, ochiq suv havzalariga chiqib ketsa mahalliy baliq,ilon va baqalarni ham yeyishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |