Javoblar: Bozor munosabatlariga o’tishning besh tamoyili


Delfa usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?


Download 21.08 Kb.
bet4/4
Sana17.01.2023
Hajmi21.08 Kb.
#1097147
1   2   3   4
Bog'liq
15 va 16 variant

2. Delfa usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?
Delfa usuli aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a'zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya'ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan echilishi lozim bo’lgan muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi guruh a'zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi. Delfa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshi-riladi:
1) muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga tarqatiladi;
2) har bir qatnashchi savollarga mustaqil va xufiya tarzda javob beradi;
3) javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan hujjat tayyorlanadi;
4) tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi;
5) har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo echimiga o’zgargirish kiritishga asos bo’lishi mumkin. Shu sababli:
6) bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi.
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining mustaqilligi ta'minlanadi.

  1. Strukturani tashkil etish usullari

"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi.
Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan chiziqli funktsional strukturaga o’tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim, ya'ni boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak.
2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish.
Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik me'yorlashtirilgan mas'uliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi.
Bu strukturani ko’nikma hosil qilingan, sinovdan o’tib o’zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma'quldir.

  1. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.

Bu degan so’z korxona tarkibiga:

  • venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari

  • biznes-markazlar

  • ekspert guruhlari

  • ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.

  1. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish. "Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.

Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling