Javoblar: Bozor munosabatlariga o’tishning besh tamoyili
Download 21.08 Kb.
|
15 va 16 variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Boshqarish qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladigan usullar.
Variant №15 Bozor munosabatlariga o’tishning besh tamoyili. Boshqarish qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladigan usullar. Axborot tushunchasii. JAVOBLAR: 1. Bozor munosabatlariga o’tishning besh tamoyili. Bozor munosabatlariga o’tishning beshta tamoyili: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi Davlat Asosiy isloxatichi Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi Kuchli Ijtimoiy siyosat yurgizish Bozoriqtisodiyotigasekin-asta, bosqichmabosqich o’tib borish 2. Boshqarish qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladigan usullar. Qaror - bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o’nlabyuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat'iy belgilab qo’yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z funktsiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling