Vii bob. Boshqaruv qarorlari


Download 41.52 Kb.
bet1/9
Sana24.04.2023
Hajmi41.52 Kb.
#1393864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu


VII BOB. BOSHQARUV QARORLARI


7.1. Boshqaruv qarorlari. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga
qo‘yiladigan talablar
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olish. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelish. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga etib olishda transport turini, kasbni tanlash va h.k. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’i belgilab qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funksiyasini bajara olmaydi. SHu sababli narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar “etti o‘lchab bir kes” maqoliga rioya qilishi darkor. Puxta o‘ylab ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi misoldan ko‘rish mumkin.
Masalan, Toshkent-Jizzax katta yo‘lining ma’lum qismini qayta sozlash to‘g‘risida bir necha marta noshudlarcha qabul qilingan qarorlar natijasida davlatning qanchadan-qancha mablag‘i behuda sarflangan. Dastlab yo‘lni ikkiga ajratib turadigan bardyurli polosa bo‘lgan. Bir rahbarning qarori bilan ular olib tashlanib, o‘rniga asfalt yotqizilgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, boshqa rahbar qarori asosida ular tiklanib, yo‘l ikkiga ajratilgan. Bir yil o‘tgach, ular olib tashlanib, o‘rniga balandligi bir metrlik beton to‘siq qo‘yib chiqilgan. SHunday qilib, asoslanmagan bu qarorlar xalq xo‘jaligiga millionlab zarar keltirgan.
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. SHu nuqtai nazardan, qarorni boshqaruv binosining poydevori deyishi mumkin.
Qaror qabul qilish menejerning fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan - ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Shunday qilib:
Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarzdorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayoni.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha sex (bo‘lim)ning boshlig‘i qabul qiladigan bitta qaror shu sex (bo‘lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

  • qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati;

  • qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;

  • qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).

To‘g‘ri qarorni to‘g‘ri tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bo‘lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan maqsadni xo‘jalik maqsadiga muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqli aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqgisodiy va sotsial rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish zarur.
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak (7.1.1-jadval).
7.1.1-jadval

Download 41.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling