Vii bob. Boshqaruv qarorlari


Yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar


Download 41.52 Kb.
bet4/9
Sana24.04.2023
Hajmi41.52 Kb.
#1393864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo‘ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko‘p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o‘zini ko‘rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80—90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo‘ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o‘zaro ishonchning yo‘qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
YAkkaboshchilik tamoyilidan farqli o‘laroq, yaqdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko‘ra ilgari surilayotgan muqobil fikrni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunday bo‘lishi juda kam uchraydigan hodisadir, chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari bo‘lsada, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o‘z fikriga ega bo‘ladi.
YAkdillik ko‘pincha favqulodda ro‘y beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda, , shuningdek, qarshilik ko‘rsatuvchi guruhlarda “Koalitsiyalar” bo‘lmagan hollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik “ma’qullaymiz” degan g‘alati shaklni egallaydiki, bu iqtisodiyotgagina emas, balki butun jamiyatga ham zarar etkazishi mumkin. SHunday bo‘lsada, bizdagi ko‘pgina boshqaruvchilar va Parlament vakillari shu tamoyilga amal qilishga moyildir.
Qaror qabul qilishda Kollegial va Konsensus tamoyillari
Kollegiallik (ko‘pchilik) tamoyili “koalitsiyalar”, ya’ni turli itgifoq yoki birlashmalar ro‘yrost ma’lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. SHu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo‘liga o‘tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko‘pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko‘pchilik hollarda yarmidan ko‘p ovoz gohida prinsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili hurfikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo‘llaniladi. O‘z mohiyati bilan:
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishish.
Konsensusga o‘zaro fikr almashish va maslahat, , shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo‘llash yordamida erishiladi.

Download 41.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling