Vii bob. Boshqaruv qarorlari


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar


Download 41.52 Kb.
bet2/9
Sana24.04.2023
Hajmi41.52 Kb.
#1393864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar

T/r

Talablar

Izoh

1.

Ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim.

Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo‘nda va aniq bo‘lishi lozim.

2.

Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo‘lishi kerak.

Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo‘shimcha vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog‘lanadi. , shuningdek,, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.

3.

Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi lozim.

Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida borayapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi. Huquqlar oz-u, mas’uliyat katta bo‘lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.

4.

Aniq va to‘g‘ri yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak.

Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

5.

Vaqt bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak.

Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.

6.

Vaqt bo‘yicha aniq bo‘lishi lozim.

Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi kerak. Aks holda, uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

7.

Tezkor bo‘lishi kerak.

Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir.

8.

Samarali bo‘lishi lozim.

Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda,, qo‘yilgan maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.

Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu erning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:


• Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozim)?
• Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim?
• Ishlab chiqarish harajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak?
• Kim javobgar bo‘lishi kerak?
• Kimga va qaysi bahoda sotish lozim?
• Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
• Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo‘ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig‘i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar. Masalan, ulardan ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror qabul qilishdan cho‘chiydi, o‘z rahbari ko‘rsatmasini kutib o‘tiraveradi.
Har qanday darajadagi rahbar o‘z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo‘lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog‘i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg‘itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o‘z sohasini yaxshi bilmasligidan, o‘z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o‘zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak.
Ko‘ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan shug‘ullanishga etarli vaqg topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin.



Download 41.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling