Javoblar: bpr tushunchasini tahlil qilish


G2C (Government to Citizens) –


Download 370.68 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi370.68 Kb.
#1200059
1   2
Bog'liq
Assestment

G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

3) Yagona davlat interaktiv xizmatlar portalidan amalda foydalanish.
Aholiga har tomonlama qulay va yengil bo‘lishi uchun Elektron hukumat tizimida my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushirilgan. Endi fuqarolar idoralar, korxona va tashkilotlararo sarson bo‘lmay, uy yoki ishxonasidan turib ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?
Avvalo, my.gov.uz portaliga kirib, yagona identifikatsiya tizimiga o‘tiladi.Portalda ro‘yxatdan o‘tganlar esa taqdim etilgan shaxsiy login va paroli orqali Yagona portalda avtorizatsiyadan o‘tishlari mumkin.Ilk foydalanuvchilar «Ro‘yxatdan o‘tish» bandini tanlab, havola etilgan so‘rovnomani to‘ldirishadi.Dastlab jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JShShIR – bu fuqarolik pasportining quyi qismidagi 14 raqam) kiritiladi.So‘ngra pasport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili, telefon raqami yozilib, kodli «SMS olish» tugmasi bosiladi.Telefon raqamga SMS orqali kelgan kod tegishli maydonchaga yozilib, «Keyingi» jarayonga o‘tiladi.Navbatdagi bosqichda Id.egov.uz tizimi uchun login va parol kiritiladi hamda «Ro‘yxatdan o‘tish» tanlanadi.Shundan so‘ng Id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi xabarnoma keladi va u jarayon yakunlanganini anglatadi.Endi murojaatchi my.gov.uz portali orqali shaxsiy kabinetiga kirib, kerakli davlat xizmatlaridan bemalol foydalanishi mumkin.
Download 370.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling