Javoblar Falsafaning predmeti va uning jamiyatdagi roli
Download 18.62 Kb.
|
Falsafa maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiy dunyoqarashida ideal jamiyat g`oyasi.
Javoblar Falsafaning predmeti va uning jamiyatdagi roli. Avvalo, falsafa o’zi nima, degan masalaga to’xtalib o’taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. Falsafa yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Falsafa sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur rivoji yutug’i va insoniyat ma’naviy taraqqiyoti mahsulidir. U kishilarning olamni bilish, o’zlashtirish, farovon hayot kechirish va o’z insoniy salohiyatlarini namoyon etish ehtiyojlari bilan uzviy bog’liqdir. Falsafiy ta’limotlar hamma davrlarda ham insoniyatning ilg’or tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko’tarishga xizmat qilgan. Har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o’z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma’naviyatini o’zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo’l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Xegelning asar va ta’limotlarida ular yashab o’tgan davr g’oyalari aks etgan. Falsafiy yo’nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, o’ziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir: Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir. Gnoseologiya — bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir. Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Praksiologiya — insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Metodologiya — bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot. Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot. Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to’g’risidagi fan. Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go’zallikning o’rni, qonun-qoidalari to’g’risidagi qarashlar majmui. Forobiy dunyoqarashida ideal jamiyat g`oyasi. Mutafakkir borliq muammosini „vujudi vojib“ va „vujudi mumkin“ taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, „vujudi vojib“ barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Farobiy Xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qarama-qarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. „Vujudi mumkin“ esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni angatadi. Farobiy tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sabab va oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: Xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, qolganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni „vujudi vojib“ birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Aql esa har bir sayyoraga xos aqlni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aql-ruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, Farobiyning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farobiy dunyoqarashida ijtimoiysiyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Allomaning „Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“, „Baxtsaodatga erishuv yoʻllari haqida risola“, „Buyuk kishilarning naqllari“, „Musiqa haqida katta kitob“, „Fuqarolik siyosati“ va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloqd-oob va taʼlim-tarbiya masalalariga bagʻishlangan. Download 18.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling