Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 39.78 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi39.78 Kb.
#1089219
Bog'liq
271b5685-e49a-49f7-85fe-e5b90f89766e


Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari.
1-variant
1. Falsafa fаnining prеdmеti vа bаhs yurituvchi mаvzui.
Avvalo, falsafa o’zi nima, degan masalaga to’xtalib o’taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.


«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.


Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.


Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratganligi shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.


Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
«Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik — qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan.
2. Qadimgi xitoy falsafasi.


Qadimgi Xitoy ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o`rtalariga keib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga kelgan.Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan.Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan.Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ustivorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan.


Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo`nalish va oqimlar mavjud. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o`z davrining ko`zga ko`ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo`lgan ko`pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo`nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin.


Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, er va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo`lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta`minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko`pincha oliy hukmdor (shandi), ba`zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan.


Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo`lib u diniy matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo`lgani kabi, ozod bo`lish yoki xalos bo`lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo`lmagan. Aksincha, u ko`proq amaliy va pragmatic yo`nalishga ega edi.


Xitoy faylasuflari asosan kambag`al a`yonlarga mansub bo`lgan. Ular ko`pincha g`oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma`muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko`pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan.


Ko`pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan donishmandlar ta`sirida asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ko`p hollarda ularning ismlari aniq bo`lmasada, aynan ular asotirlar, afsonalar ma`naviy ta`siridan ozod bo`la borganlar va olam to`g`risidagi ilk dunyoqarashni.ozlarida shakllantirib, rivojlantirganlar. Ularningqarashlarida afsonaviy va dunyoviy bilimlar bir-biri bilan bevosita bog’lanib, bir-birini to’ldirib brogan Xitoy falsafasi o`zining gullab yashnagan vaqtiga “urushuvchi davlatlar” deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining “oltin davri” (eramizdan avvalgi VI-IIIasrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo`nalishlar quyidagilardan iborat edi: in-yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm.


3. Fazo va vaqtning xususiyatlari


Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga
qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning
miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o`lchanadigan, ko`zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli
xususiyatlaridir. Ularga ko`lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday
xususiyatlarga uzuksizlik, bog`langanlik, o`lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar
kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o`lchamlilik kabi xususiyatlar
qo`shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o`zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o`zgartira olmaydi, topologik
o`zgarishlar esa borliqning sifatiy o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Masalan, bir bog`langan sistemaning
ko`p bog`langan sistemaga o`tishi fazo topologiyasini tubdan o`zgartiradi, ya`ni fazoning ikki
nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo`llar paydo bo`ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik
idishni sig`dirish mumkin bo`ladi. .lcham darajasi ko`p bo`lgan sistema o`lchov darajasi kam bo`lgan
sistemaga nisbatan ko`rinmas va murakkab bo`ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik
xususiyatlarini kuchli o`zgarishi topologik xususiyatlarining o`zgarishiga olib kelishi mumkin.
Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o`zgarsa, bir bog`langan fazo ko`p bog`langan fazoga
aylanishi mumkin.


4. Etika fanining predmeti


Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy
xattiharakatlar yig‘indisidir»


Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan
bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa,
o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi
5. Islom dinining mazhablari
Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida toʻrt mazqab boʻyicha alohida dars oʻqitiladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan[1].


Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)


Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.


Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shugʻullangan barcha qonunshunoslar Qur’on koʻrsatmalariga va hadislarga asoslanib ish koʻrganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni taʼriflashda harfxoʻrlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kelisha olmaganlar.



2-variant
1. Falsafa fanining predmeti va bahs yurituvchi mavzui


Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.


«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.


Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.


Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratganligi shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.


2. Tasavvuf va uning tariqatlari.


Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar.
Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni yozib qoldirganlar.


3. Falsafada borliq falsafasi.


Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan.
Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin.
Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.
4. Etika fanining predmeti
Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan
bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa,
o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi
5. Hadis ilmi va muhaddislar
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’on Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to’rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug’ullangan. Mazkur bilimlarni o’rganishning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib, «hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” («Ishonarli to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-SHamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki “Sunna” so’zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.


Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog’liq hadislarda mujassamlangan.


Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg’ambar Muhammad Alayhis-salom arab bo’lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho’chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg’ambar Muhammad Alayhis-salom huzurida sahoblar bo’lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana shunday mo’’tabar kishilardan biri bo’lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to’g’ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan.


Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon berganlar. Hadislarni to’plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan berilgan.


Hadislarni yozib borish bilan mashg’ul bo’lgan ilk muhaddislar sifatida Rabee bin Sabeh, Said ibn Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy SHoshiy, So’fyon Savriy Kufiy va boshqalardir.
5- variant
1. Falsafada borliq falsafasi
Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan
Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu chog’gacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi
2. Nemis mumtoz falsafasi.


jahon madaniyati noyob hodisa - bu, chunki, muayyan ma'lumotlarni o'rganishga kun klassik nemis falsafasining umumiy xususiyatlari. U mumtoz nemis falsafasi asosidir zamonaviy falsafa. uning mavjudligi bir asr, u nafaqat asrlar davomida insoniyatga qarshi qo'zg'oturmiz etiladi batafsil muammolarni kashf uchun, balki bilan boshlanib, oqimi vaqtda deyarli barcha mavjud birlashtirish mumkin edi sub'ektiv idealizm va bezash irrationalism va qo'pol materializm. mumtoz nemis falsafasining umumiy xususiyatlari Kant, Marks, ijod, Fichte, Nitsshe, Shopengauer, izlanish va boshqalar kabi dunyoga mashhur nomlari asoslangan.
Immanuel Kant (1724-1804) - nemis mumtoz falsafasi asoschisi. U (bulutsu aylanuvchi shaklida zaryadsizlangan zaharli modda) Nyutonning qonunlari asosida quyosh tizimi, kelib chiqishi bir inqilobiy tushuntirish taklif. Bundan tashqari, u chegaralari mavjudligi nazariyasi tegishli bilim, shuningdek, hodisalar va narsalar ichki mohiyatini tushunish uchun, bir kishi bo'lmasa. Kant ham toifasida ta'limotini ilgari surdi va ma'naviy qonun shakllantirish qilingan. boshqa narsalar orasida, birinchi noshud urushlar va huquqiy taqiqlari asoslangan bo'ladi kelajakda "doimiy tinchlik", taklif kim u edi. Immanuel Kant - nemis umumiy xususiyatlari qaysi holda nomi, mumtoz falsafasi mumkin emas.


3. Gneseologiya falsafasi.
.Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa paydo bo‘lgan paytdan boshlab, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli qarashlar kelib chiqdi. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizning yig‘indisi (kompleks yoki kombinatsiyalar)dan iborat xolos, binobarin biz o‘z sezgi va idrokimiznigina bila olamiz, degan fikrlarni bildirishganlari ma’lum. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bilolmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar.
4. Jamiyat falsafasi.
Jamiyat –o’z hyotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda o’zaro aloqador bo’lgan odamlar birgalikda yashashning muayan ijtimoiy tizimi. Odamlar o’rtasida muayan munosabatlar –ijtimoiy munosabatlar o’rnatiladi, ular ob’ektiv xarakterga eg. Bu munosabatlar kishilarning ob’ektiv ehtiyojlari va yashash sharoitlari natijasida shakllanadi hamda ular asosida yashayotgan odamlar jamiyatni tahlil qiladi.
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir.
falsafa jamiyatni yaxlit bir ijtimoiy organizm sifatida eng umumiy tarzda o’rganadi.
Jamiyat o’zaro o’ta murakkab va serqirra munosabatlarda to’rgan ulkan miqdordagi element va tizimlar jamidan iborat. Bu ulkan dinamik tizim doimo harakatda: o’sishda, yangilanishda. Jamiyatning biz tahlil qiladigan asosiy tushunchalarining ba’zilari quyidagalardir: ijtimoiy borliq jamiyatning nazariy modeli, jamiyatning moddiy hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tashqilotlar, davlat, kishilarning ijtimoiy birliklari, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy jarayon va h.k.
Jamiyat-borliqning yuksak darajada rivojlangan tarkibiy qismi.


5. Islom dinining mazhablari


Islom mazhabchiligi — islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan. Oʻrta Osiyoda — naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda muridlik, xorijiy Sharq mamlakatlarida qodiriylar, bektoshiylar, rifoʼiylar, tayfuriylar va b. tariqatlar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud.


6- variant


1. Falsafada metod va metodologiya muammosi


Metod (yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir.
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi.


Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.


Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi.


2. Qadimgi Xitoy falsafasi.


Qadimgi Xitoy ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o`rtalariga keib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga kelgan.Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan.Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan.Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ustivorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan.


Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo`nalish va oqimlar mavjud. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o`z davrining ko`zga ko`ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo`lgan ko`pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo`nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin.
3. Yetarli asos qonuni.
Yetarli asos qonuni - har bir fikrning asosli, isbotlangan boʻlishi, boshqa fikrlar bilan zaruriy bogʻliqligi haqidagi mantiqiy qonun.


Unda qar qanday chin fikr asoslangan boʻlmogʻi, yaʼni uning chinligi boshqa chin fikr bilan asoslangan, undan mantiqiy kelib chiqqan, u bilan isbotlangan boʻlishi lozim. Aks holda fikrdagi izchillik, mantiqiy tartib buziladi. Ye.a.q. obyektiv munosabatlarni, xususan, borliqdagi sababiy bogʻlanishlarni aks ettirish asosida shakllangandir. Mas, qirda bugʻdoyning yaxshi koʻkarishi, moʻl hosil berishi yomgʻirning oʻz vaqtida yogʻib turishiga bogʻliq. Yomgʻir yogʻishi bulutning paydo boʻlishi va toʻplanishiga, bu esa, oʻz navbatida, yerdagi suvlarning yetarli darajada bugʻlanishiga bogʻliq. Demak, sabab va oqibat mavjudligi mutlaqo oʻzgarmas xususiyat emas. Biroq, olamda har bir narsa va hodisa sabab va oqibat shaklida koʻrinishi mumkin, chunki tayin narsa va hodisalar emas, umumiy bogʻlanish, oʻzgarish, rivojlanish abadiydir. Ye.a.q. obʼyektiv reallikni toʻgʻri aks ettirish, jumladan fanning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.[1]
4. Etika fanining predmeti.
Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
5. Milliy dinlar.
Zamonaviy dunyoda ko'p dinlar mavjud. Shartli ravishda ular quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin: dunyo, milliy, qabila. Bular bir jamoada, bir guruh odamlar ichida keng tarqalgan. Bu dinning eng eski shakli. Bugungi kunda u Afrika va Osiyodagi ba'zi joylarida omon qoldi. Qabilaviy dinlarning xizmatchilari ruhoniylar, shamanslar, sehrgarlardir. Ular hokimiyatga egalar va ba'zi kuchlarga ega
Keyinchalik milliy dinlar paydo bo'ldi. Bularga Hinduizm (Nepal, Hindiston, Shri-Lanka), Shintoizm (Yaponiya), Confucianism (Xitoy) kiradi. Ularning o'ziga xos xususiyati davlat-milliy xarakterga ega bo'lishi mumkin . Tribal bo'linish davri tugadi va u markazlashtirilgan kuchga ega davlatlar bilan almashtirildi. Sinf jamoati va e'tiqod shakllari asta-sekin o'zgartirildi.


Milliy dinlar ko'p qabilalarni bitta erkak bilan almashtiradigan tribilni bosib oldi. Yahudiylik misol qilib keltirilishi mumkin. Yahudo qabilasining diniy tasavvuri bilan hayoti berilgan Xudovandi Yahyo asta-sekin butun yahudiy qabilalari uchun, ya'ni milliy.


7-variant.


1. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e`tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.


Bularning ichida e`tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E`tiqod insonning o’z qarashlari va G’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va hatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shahsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
2 IBn Sinoning falsafiy qarashlari.
Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur — Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.


3. Estetika fanining mohiyati mazmuni va vazifalari.


Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan.
4. Fazo va vaqtning xususiyatlari.


Fazo va vaqt yoki Makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi hodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan.


Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi.
20-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi fazo va vaqtning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi, fazo va vaqt sistemaning harakat tezligi bilan, vaqt-fazo strukturasining modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va nazariy isbotini topdi


5. Milliy dinlar.
Zamonaviy dunyoda ko'p dinlar mavjud. Shartli ravishda ular quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin: dunyo, milliy, qabila. Bular bir jamoada, bir guruh odamlar ichida keng tarqalgan. Bu dinning eng eski shakli. Bugungi kunda u Afrika va Osiyodagi ba'zi joylarida omon qoldi. Qabilaviy dinlarning xizmatchilari ruhoniylar, shamanslar, sehrgarlardir. Ular hokimiyatga egalar va ba'zi kuchlarga ega.


Dunyoning asosiy dinlari ham jahon dinidir. Ular orasida nasroniylik, buddizm, islom. Ularning ajralib turadigan xususiyati turli mamlakatlarda va turli qit'alarda yashovchi xalqlar orasida tarqalish hisoblanadi. Eng muhim tarixiy voqealar jahon dinlari bilan bog'liq. Ularning sababi ko'p asrlar davomida to'qnashuvlar, urushlar bo'lgan.
Ma'naviy Rivojlanish, Din
Milliy Dinlar
Zamonaviy dunyoda ko'p dinlar mavjud. Shartli ravishda ular quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin: dunyo, milliy, qabila. Bular bir jamoada, bir guruh odamlar ichida keng tarqalgan. Bu dinning eng eski shakli. Bugungi kunda u Afrika va Osiyodagi ba'zi joylarida omon qoldi. Qabilaviy dinlarning xizmatchilari ruhoniylar, shamanslar, sehrgarlardir. Ular hokimiyatga egalar va ba'zi kuchlarga ega.


Dunyoning asosiy dinlari ham jahon dinidir. Ular orasida nasroniylik, buddizm, islom. Ularning ajralib turadigan xususiyati turli mamlakatlarda va turli qit'alarda yashovchi xalqlar orasida tarqalish hisoblanadi. Eng muhim tarixiy voqealar jahon dinlari bilan bog'liq. Ularning sababi ko'p asrlar davomida to'qnashuvlar, urushlar bo'lgan


Keyinchalik milliy dinlar paydo bo'ldi. Bularga Hinduizm (Nepal, Hindiston, Shri-Lanka), Shintoizm (Yaponiya), Confucianism (Xitoy) kiradi. Ularning o'ziga xos xususiyati davlat-milliy xarakterga ega bo'lishi mumkin . Tribal bo'linish davri tugadi va u markazlashtirilgan kuchga ega davlatlar bilan almashtirildi. Sinf jamoati va e'tiqod shakllari asta-sekin o'zgartirildi.


Milliy dinlar ko'p qabilalarni bitta erkak bilan almashtiradigan tribilni bosib oldi. Yahudiylik misol qilib keltirilishi mumkin. Yahudo qabilasining diniy tasavvuri bilan hayoti berilgan Xudovandi Yahyo asta-sekin butun yahudiy qabilalari uchun, ya'ni milliy.
8- variant
1. Falsafa fanining mohiyati mazmuni va vazifalari.
Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri bo'lib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.


2. gnoseologiya falsafasi
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa paydo bo‘lgan paytdan boshlab, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli qarashlar kelib chiqdi. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizning yig‘indisi (kompleks yoki kombinatsiyalar)dan iborat xolos, binobarin biz o‘z sezgi va idrokimiznigina bila olamiz, degan fikrlarni bildirishganlari ma’lum. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bilolmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar.
3. Toʻgʻri fikrlashning asosiy qonuni
insonning tafakkuriga, fikr yuritish jarayoniga xos boʻlgan qonunlar. Mantiyey qonun tushunchasi fikrlar orasidagi zaruriy bogʻlanishni anglatadi. Mantiqiy qonunlar faqat tafakkurda amal qiladi va fikrning toʻgʻri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz asoslangan boʻlishini taʼminlaydi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan, ularda insonning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatining koʻp asrlik tajribasi qayd etilgan. Mantiqiy qonunlar mantiq ilmida oʻrganiladi. Mantiqiy qonunlar, asosan, toʻrtta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni (baʼzi adabiyotlarda ziddiyatsizlik qonuni deb ataladi), uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni. Ulardan dastlabki uchtasini Aristotel birinchi boʻlib taʼriflab bergan. Turtinchisini V. Leybnits kashf etgan. Mantiqiy qonunlarga amal qilish voqelikni bilishning muhim shartlaridan biri boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi
4. Etika fanining predmeti


Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - „axloq falsafasi“, yun. ἤθος (ētos) - „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-„yomon“ tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.


Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi,


5. Islom dini taʼlimoti va aqidalari.


Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas bitiklarga, paygʻambarlarga, oxiratga, taqdirga va inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish (qarang Sunniylik). Shialik yoʻnalishi ilohiyotida 5 aqida tan olinadi: tavhid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (paygʻambar) ga ishonish, adl (ilohiy taqdirning adolatligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini tanish), maod (oxiratga ishonish) (qarang Shialik). Xristianlikda aqidalar birinchi marta 2-jahon sobori tomonidan qabul qilingan va u eʼtiqod timsoli deb atalgan.


9- variant


1. falsafa fanining mohiyati mazmuni va vazifalari
Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri bo'lib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.
2. Markaziy Osiyoda zardushtiylik va buddaviylik dini
Uzoq sharq mamlakatlarining ijtimoiy ongida kuchli ta’sirga ega ta’limotlar ko‘p ularga buddizm, konfutsiylik va daosizm qoidalari, ularning xitoyliklar mentaliteti va ongini shakllantirishdagi roli juda keng doirada. Davlatlar hududida bu dinlarning paydo bo‘lish tarixi tahlil qilinadi, bu davrda konfutsiylik va buddizmning davlat bilan o‘zaro munosabatlarining turli jihatlari o‘rganiladi


Umuminsoniy g‘oyalarning targ‘ib etilishi hamda har bir millatning Budda ta’limotini o‘z tilida o‘qib-o‘rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Buddaviylik O‘zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida paydo bo‘ldi. Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar. Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Kanishka buddaviylikka e’tiqod qilgan. U zarb qildirgan ayrim tangalarda Budda tasviri ham uchraydi. Milodning birinchi asrlarida Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi va unga sig‘iniladi.
Budda bilim orqali azob-uqubatlardan qutulish mumkinligini uqtirgan. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko‘p ezgu va yaxshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin.
3. Falsafada metod va metodologiya muammosi
Metod (yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir.
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi.


Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.


Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi.
4. Jamiyat falsafasi
Jamiyat ({lang-lat|socium — „umumiy“}}) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir.
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda.
5. Islom dini taʼlimoti va aqidasi


Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi[1]. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi, lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.


Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:


1) Kalimai shahodat;
2) Namoz oʻqish;
3) Roʻza tutish;
4) Zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish.


10-variant


1. Tasavvuf va uning tariqatlari
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan.
tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan.
2. gnoseologiya falsafasi


Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa paydo bo‘lgan paytdan boshlab, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli qarashlar kelib chiqdi. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizning yig‘indisi (kompleks yoki kombinatsiyalar)dan iborat xolos, binobarin biz o‘z sezgi va idrokimiznigina bila olamiz, degan fikrlarni bildirishganlari ma’lum. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bilolmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar.


3. Formal va dialektik mantiq turlari


Mantiq fan sifatida qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va ko'p asrlar davomida ta'lim mezoni hisoblangan. IN XIX boshi ichida. G.W.F. Gegel tafakkur harakati jarayonini aks ettirish nuqtai nazaridan uning cheklanganligi va kamligini ko'rsatdi. Uning ta'kidlashicha, bunday mantiq fikr mazmunining harakatini emas, balki fikrlash jarayonining shaklini aks ettiradi. Bu kamchilikni qoplash uchun Gegel yangi dialektik mantiqni yaratdi va undan oldin mavjud bo'lgan mantiqni formal deb atadi. Inson tafakkurining rivojlanish qonuniyatlari va ularga asoslangan metodologik tamoyillar (ob'ektivlik, mavzuni har tomonlama ko'rib chiqish, tarixiylik tamoyili, birning qarama-qarshi tomonlarga bo'linishi, mavhumlikdan ko'tarilish) dialektik mantiqning o'rganish predmeti hisoblanadi..


Formal mantiq va dialektik mantiq bir xil ob'ektni - inson tafakkurini o'rganadi, lekin ularning har biri o'z tadqiqot predmetiga ega. Dialektik mantiq formal mantiqni almashtirmaydi va o‘rnini bosa olmaydi. Bu ikki tafakkur fanidir, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi, bu esa bilish jarayonida ham rasmiy mantiqiy apparatdan, ham dialektik mantiq tomonidan ishlab chiqilgan vositalardan foydalanadigan ilmiy-nazariy tafakkur amaliyotida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mantiq faqat to'g'ri xulosalardagi takliflarning bog'lanishi bilan emas, balki boshqa ko'plab muammolar bilan ham shug'ullanadi: til iboralarining ma'nosi va ma'nosi, turli munosabatlar atamalar o'rtasida, tushunchalarni aniqlash va mantiqiy bo'linish operatsiyalari, ehtimollik va statistik fikrlash, paradokslar va mantiqiy xatolar va boshqalar. Ammo mantiqiy tadqiqotning asosiy mavzulari - bu fikrlashning to'g'riligini tahlil qilish, qonun va tamoyillarni shakllantirish, ularga rioya qilish xulosa chiqarish jarayonida haqiqiy xulosalar olishning zaruriy shartidir. To'g'ri fikr yuritishda xulosa mantiqiy zarurat bilan kelib chiqadi, bunday fikrlashning umumiy sxemasi mantiqiy qonunni ifodalaydi. Mantiqiy to‘g‘ri fikr yuritish mantiq qonunlariga muvofiq fikr yuritish demakdir. Mantiqiy shakl va mantiqiy qonun tushunchasi.
4. Dinshunoslik fanining maqsadi va vazifalari
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi.
5. Islom dinining manbalari
Diniy manba tushunchasi shundan iboratki, jahon


xalqlarining tarixiy taraqqiyotida vujudga kelgan va asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, ularning


e’tiqodiga aylangan har bir yirik dinlarning muqaddas yozuvlari (kitoblari) Alloh tomonidan


in’om etilgan deb qaraladi. Ana shu muqaddas kitoblar dinlarning manbalari hisoblanadi.


Qur’on islomning muqaddas kitobi sifatida Allohning mo‘‘jizali kitobi bo‘lib, er yuzi


musulmonlarining dasturamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’on Muhammad Payg‘ambarga


vahy orqali tushgan tilovat ibodat hisoblanuvchi muqaddas kitobdir.


Ana shunday kitoblarni Alloh boshqa payg‘ambarlarga ham o‘z vaqtida nozil qilganligi


haqidagi fikrlar ma’lum.


Qur’onda boshqa ilohiy yozuvlar bir yo‘la tushgan deb hisoblansa, Qur’oni karim 23 yil


mobaynida Alloh farishta Jabroil orqali Muhammad payg‘ambarga vahy qilib yuborgan, so‘ngra


ular to‘planib xalifa Usmon hukmronligi davrida mushaf qilingan.


SHunday qilib, islom dini shakllangan davrdan boshlab Qur’oni Karim islom dinining


asosiy manbasi bo‘lib kelayotir. Islom manbalaridan yana biri sunnadir. Sunna islomda


Qur’ondan keyingi, uni to‘ldiruvchi islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida e’tirof


etilgan.
Download 39.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling