Javoblar: Ilmiy nashr (publikatsiya) shakllari uchun qanday standartlar belgilangan?
Download 54.17 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya
- Avtoreferat.
- 2. Ilmiy nashr (publikatsiya) qanday turlarda bo‘ladi
Monografiya – yunon tilidan olingan bo‘lib, monos – yakka, yagona, grapho – yozaman degan ma’noni anglatadi. Monografiya deb ilmiy dunyoqarashi bir xil bo‘lgan bir yokibir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Monografiya ilmiy ish bo‘lib, bir mavzuni chuqur ochib berishga bag‘ishlanganligini bildiradi. Demak, tugallangan bir yirik tadqiqotning mantiqiy nihoyasi, ilmiy izlanishni butunligicha qamrab olgan, ma’lum bir tizimli bayonga ega bo‘lgan, hajmi 5 bosma taboqdan (1 bosma taboq – 16 bet) oshadigan ilmiy asar monografiya deyiladi.
Monografiya tuzilishiga ko‘ra kirish, asosiy qism va xulosalarni o‘z ichiga olib, ilmiy ish natijalarini keng, asosli, dalillar va tahlillar bilan yoritishga qaratilgan bo‘ladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga o‘rganilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlikka yozilgan dissertatsiyani ham kiritish mumkin. Dissertatsiya muayyan fan yo‘nalishida olib borilgan tugallangan tadqiqot ishi hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqot ko‘lami va bajarilgan ish natijasiga ko‘ra muayyan sohada fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc, falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD dissertatsiyalari bo‘ladi. Monografiyalardan farqli o‘laroq, dissertatsiyalar maxsus kitob sifatida nashr etilmaydi, ular faqatgina qo‘lyozma, ya’ni kompyuterda terilgan ko‘rinishdagina taqdim etiladi. Dissertatsiyaning to‘liq matni bilan esa Milliy kutubxona va dissertatsiya himoyasi bo‘layotgan muassasaning kutubxonasida tanishish mumkin. Avtoreferat. PhD va DSc ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan har bir dissertatsiya asosida uning muallifi alohida matnni yaratadi. Uning hajmi kichik broshuraga teng bo‘ladi. Bu matn dissertatsiyaning avtoreferati deb nomlanib, mazmuni bo‘yicha dissertatsiyaning qisqa bayonidir. Avtoreferat dissertatsiyaning himoyasidan oldin mazkur muammo bo‘yicha adabiyotlar mavjud bo‘lgan barcha kutubxonalarga hamda o‘xshash yoki yaqin muammolar bilan shug‘ullanadigan muassasalarning kutubxonalariga yuboriladi. Bundan tashqari, dissertatsiya tadqiqoti mazmunining eng ahamiyatli jihatlari, odatda, mazkur muallifning joriy nashrlarida (maqola, ma’ruza) o‘z aksini topadi. 2. Ilmiy nashr (publikatsiya) qanday turlarda bo‘ladi? Ilmiy maqola. Tezis Risola Monografiya Dissertatsiya Avtoreferat. Download 54.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling