Javoblar: O‘quv rеjа va uning mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi roli


Download 24.05 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi24.05 Kb.
#1063572
1   2   3   4
Bog'liq
мфум.2-он.саломова.в.

Asoslangan esse 
Bunday esse qo'yilgan savolga asoslangan javob mavjud bo'lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozitsiyaga ega, u o'z nuqtayi nazarini ishonchli dalillar bilan asoslaydi va uni himoya qiladi, o'z pozitsiyasini quwatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad muallif o'zi bildirgan fikrga boshqalarni ham ishontirish, qo'llab-quwatlashga undashdir.
Esse uchun mavzular va savollar
Esse uchun mavzu tanlaganda yoki savol tuzganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
Topshiriqni iloji boricha aniq qo'yish kerak. Shartni shunday qo'yish kerakki, talaba undan nima talab qilinayotganligini tu- shunsin. Esse topshirig'i fikr yuritishga, tahlil qilishga undaydigan savollar bo'lishi zarur. Esse uchun tayyorlangan savol-topshiriqlami talabalarga o'qituvchining o'zi tanlab bergani ma’qul. Bunda talabaning bilimi obyektiv baholanadi. Kompleks javob talab qiladigan savollarni uyga vazifa tarzida yoki oraliq nazorat, yakuniy nazoratda berish mumkin. Agar vaqt cheklangan bo‘lsa, dars davomida eng asosiy momentlarga ahamiyat qaratilgan savollar qo‘yish mumkin.
Esse uchun savollar namunasi
1980-yildan 2005-yilgacha ishlovchilar soni o‘sdi. Ularning uy yumushlariga sarflaydigan vaqtlari haftasiga 100 soatdan 50 soatgacha qisqardi. Yog', un, xamirturush, guruch kabi- larni sotib olish kamaydi. Non, yarim fabrikatlar, konservalangan meva kabilarni sotib olish miqdori ko'paydi. Ana shu mahsu- lotlarni sotib olish dinamikasini muqobil qiymat nuqtayi nazaridan- tushuntiring.
Ayrim kishilar kundalik ehtiyoj mollari bo'lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy kabilarning narxini past darajada ushlab turish kerak, degan fikrni bildirishadi. Baholar ustidan nazorat va rag'batlantirish konsepsiyasidan foydalanib, birinchi darajali kundalik ehtiyoj mollarining narxini bozor narxidan past belgilanishi qanday oqibatga olib kelishini tushuntiring.
Yaponiyada asosiy oziq-ovqat mahsuloti guruchdir. Yaponiya hukumati o'z ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida boshqa mamlakatlardan guruch sotib olishni chekladi. 1993-yili ob-havoning noqulay kelishi sababli Yaponiyada sholi yetishtirishga katta talofot yetdi. Ob-havoning yomon kelishi qanday oqibatga olib kelishini oldindan taxmin qiling.
Keyingi yillarda Yapon guruchining a) taklifini; narxini o'zgarishini ko'rsating. Sabablarini izohlang.
Yapon hukumatining guruch importiga, umuman, importga munosabatini izohlang. Usulning boshqa usullarga o'xshab o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Savollarga javob berish uchun berilgan topshiriqlar, axborotlarni tartibga solish, tahlil qila olishga yo'llashi kerak. Mantiqiy masalalami yechish ulardan foydalanish ko'nikmasini talab qiladi. Bu iqtisodiy fikrlashning yuqori darajasidir. Ularni obyektiv testga nisbatan tuzish oson. Uni qo'llashning qiyinchiliklari, javoblarni baholashning qiyinligidir. Shunga qaramay, bilish jarayonini tahlil qilish va baholash uchun essedan zarur axborot olish mumkin.
Essening afzalliklari va kamchiliklari
Esse ko'proq fikrlash, bilim mazmunining yuqori bosqichiga xos. U talabalarning yozma nutq ko'nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi. Uni tuzish nisbatan oson hamda talabalar tomonidan tavakkal javoblar tanlanishiga yo'l qo'ymaydi.
Asosiy kamchiligi:
a) baholash qiyin;
b) ularni o‘qish, tahlil qilish, baholash uchun ko'p vaqt kerak.
Testlar ko'p savolni qamrasa, esseda bir necha savol qo'yiladi. Sababi, ularga javob yozish ko‘p vaqt talab qiladi.
Talabalar bilimini sinash doirasi kengayadi. Esse savollarini har bir talaba uchun alohida berish maqsadga muvofiq. Esse natijasi muhokama qilinayotganda original fikr bildirgan talabalarga qo'shimcha ball qo'yish kerak.



Download 24.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling