Javoblar савол. Психиатрия нима?


савол Jismonan zaiflashgan, katatonik va depressiv stupor bilan bogiiq harakatsizlik


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/108
Sana13.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1355442
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
9 савол Jismonan zaiflashgan, katatonik va depressiv stupor bilan bogiiq harakatsizlik
bosh miya og‘ir organik zararlanishi va ovqatdan bosh tortish holatlari bo‘lgan 
bemorlar parvarishi 


95 
Odatda, bo‗limda katatonik va depressiv stupor holatida bo‗lgan, og‗ir organik bosh miya 
jarohatlari va falajliklar yoki chuqur aqli zaifliklari kuzatilgan Jismonan holsizlangan va 
boshqa parvarishga muhtoj bemorlar bo‗lishi mumkin. Ular ko‗pincha mustaqil ovqatlana 
olmaydilar; bunday bemorlarni qo‗l bilan ovqatlantirish va chanqog‗ini qondirish zarur 
boiadi. Jismonan holsizlangan bemorlarga, shuningdek, yutinish jarayoni buzilgan 
bemorlarga asosan suyuq ovqatlar, kichik miqdorda, shoshilmasdan berilishi lozim, chunki 
bemor qalqib ketishi mumkin. Bemor kiyimlari va o‗rin-to‗shaklarining tozaligini ham 
nazorat qilish zarur. Shu maqsadda vaqti-vaqti bilan bemorlarga tuvakni ko‗rsatish zarur. 
Ichakiami tozalash uchun tozalovchi klizmalar o'tkaziladi. Turishga ijozati bo'lgan 
bemorlarni, hojatxonaga kuzatib borish zarur. Siydik tutilib qolgan holatlarda (ko'pincha bu 
katatonik bemorlarda kuzatiladi) uni kateter yordamida chiqariladi. Bemorlarning teri 
qoplamalari diqqat bilan (haftasiga 1-2 marta) ko‗rib chiqilishi lozim, chunki ulardayotoq 
yaralar va bichilishlar yuzaga keladi. Dumg‗aza va dumbalar sohalariga alohida ahamiyat 
berish lozim. Yotoq yaralarning birinchi belgilari — terining turg‗un qizargan sohalari paydo 
bo'lganda - bemorni rezina doiraga yotqizish, terini doimiy tarzda kamfora spirti bilan artib 
turish lozim. Ayniqsa, bemor ovqatlanmasa va suyuqlik ichmasa, balki zond orqali 
ovqatlantirilganda, uning og‗iz bo‗shlig‗ini yuvib turish zarur. Bemor sochlarining tozaligini 
nazorat qilish lozim (yaxshisi kalta qilib qirqish kerak). Ovqatdan bosh tortuvchi bem orlar 
tibbiy xodimlarning ko‗p ahamiyatini jalb etadi. Bemorning ovqatdan bosh tortishi, 
birinchidan, uning ahvoli og‗irligini ko‗rsatsa, ikkinchidan bemorning to ‗g‗ri oziqlanishini 
buzadi, bu esa uning ahvolini yanada og'irlashtiradi, uchinchidan, parvarishhni 
qiyinlashtiradi, chunki bunda alohida tadbirlami ko'rishga to ‗g‗ri keladi va bularni bemor 
o‗ziga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi deb biladi. Ba‘zida bemor har qanday ovqat va 
suyuqlikdan butunlay bosh tortishi yoki bemor ovqat yemasligi, ammo suyuqlik ichishi yoki 
faqat alohida turdagi ovqatlami talab qilishi mumkin (masalan, faqat non va choy ichadi), 
boshqa turdagi ovqatlardan esa qat‘iyan bosh tortadi; ba‘zida bemor kasalxona ovqatini 
yemasligi, faqat uydan olib kelingan ovqatlarni yeyishi mumkin. Tibbiy xodim bularning 
barchasini qayd etishi lozim. Ovqatdan bosh tortish turli sabablarga ko‗ra kelib chiqadi: 
katatonik stupor yoki aksincha, katatonik qo‗zg‗alish, negativizm, vasvasa g‗oyalari 
(zaharlash, o‗zini ayblash), bemorga ovqat yeyishni taqiqlovchi imperativ gallutsinatsiyalar. 
Har bir alohida holatlarda ovqatdan bosh tortish sabablarini aniqlashga harakat qilish lozim. 
Agar bemor ovqat zaharlangan deb hisoblaganligi uchun ovqatdan bosh torsa, bu holatlarda 
unga ovqatga «zahar» tega olmaydigan ovqatlar, masalan, po‗chog‗i archilmagan tuxum 
taklif qilinadi. Bu holatlarda bemorning ko'zi oldida tibbiy xodimning o‗zi ovqatni tatib 
ko‗rishi, ba‘zida bemorni ovqat yeyishiga olib keladi. Depressiv holatlardagi bemorlarga 
agar ular ovqat yesalar, tezroq tuzalib, tezroq kasalxonadan chiqishlarini aytish mumkin. 
Negativizmda bemorni ko'ndirishga barcha urinishlar, odatda, foydasiz. Hatto buning aksi 
boiishi: qancha bemorning fikrini o'zgartirishga urinishsa, u shuncha aks ta‘sir ko'rsatishi 
mumkin. Bunday holatlarda bemorning oldida ovqatni qoJdirib, bironta so‗z demay, chiqib 
ketish zarur. 0 ‗ziga e‘tibor berishmayotganligiga amin bo‗lganidan so‗ng, bem or ovqat 
yeya boshlaydi. Ko‗pincha och qoringa 10-15 ED insulin tayinlanishi, bemorlarda ochlik 
hissini chaqiradi yoki bemorlarda amital-kofeinli qo‗zg‗atish chaqirib, so'ngra ovqatlantirish 
mumkin. Alohida holatlarda bemorlar faqat birorta tibbiy hodim yoki qarindoshlaridan biriga 
o‗zlarini ovqatlantirishlarini ishonadilar.


96 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling