Javoblar tasnifi
Download 144.76 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisman tushunchaga ega bo‘lish (1 ball)
JAVOBLAR TASNIFI
Leonardo da Vinchi Chuqur tushunchaga ega b o lis h (3 ball): Javobda Leonardoning Verokkiyo bilan o‘tkazgan vaqtlari uning kelajakda yutuqqa erishishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi ifodalanadi. Javob matndagi ma’lumotlarni bog‘lash va umumlashtirish orqali ifodalanadi. O‘quvchi javobda Leonardoning Verokkiyodan olgan saboqlaridan hech bo‘lmaganda ikkitasini keltirishi kerak. Shuningdek, bu saboqlar Leonardoga kelgusi hayotida qanday yordam berganligi haqida izohlar keltiriladi. Masalan: U texnika haqida bilib oldi, bu esa unga ixtirolar qilishida yordam berdi. Shunigdek u bo‘yoqlarni aralashtirib yangi rang chiqarishni, metall bilan ishlashni o‘rgandi, bu esa unga rassom va haykaltarosh bo‘lishi uchun yordam berdi. U texnika haqida, bo‘yoqlarni aralashtirish va boshqa muhim narsalar haqida bilib oldi, bular unga rasm chizish, haykal yasash, ixtirolar qilishda yordam berdi. Yetarlicha to g ri tushunchaga ega bo lish (2 ball): Javobda Leonardoning Verokkiyo bilan o‘tkazgan vaqtlari uning kelajakda yutuqqa erishishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi ifodalanadi. Javob matndagi ma’lumotlarni bog‘lash va umumlashtirish orqali ifodalanadi. O‘quvchi javobda Leonardoning Verokkiyodan olgan saboqlaridan hech bo‘lmaganda ikkitasini keltirishi kerak. Shuningdek, bu saboqlar Leonardoga kelgusi hayotida qanday yordam berganligi haqida bitta izoh keltiriladi. Masalan: U texnika haqida va bo‘yoqlarni aralashtirish haqida ko‘p narsalarni bilib oldi. Bu esa unga mashhur rassom bo‘lishi uchun yordam berdi Qisman tushunchaga ega bo‘lish (1 ball): Javobda Leonardoning Verokkiyo bilan o‘tkazgan vaqtlari uning kelajakda yutuqqa erishishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi qisman keltiriladi. O‘quvchi javobda Leonardoning Verokkiyodan olgan saboqlaridan hech bo‘lmaganda bittasini keltirishi kerak. Ammo bu saboq Leonardoga kelgusi hayotida qanday yordam berganligi haqida hech qanday izoh keltirilmaydi. Masalan: U rasm chizish texnikasi haqida va bo‘yoqlarni arashtirish haqida ko‘p narsalarni bilib oldi. U haykaltaroshlikda metalldan foydalanishni bilib oldi va bu unga mashhur bo‘lishida yordam berdi. Rassomlik va haykaltaroshlik. Yoki javobda Leonardoning Verokkiodan olgan saboqlaridan bittasi yoziladi. Masalan: U bo‘yoqlarni aralashtirishni o ‘rgandi. Дата отчета 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling