Javoblar: Tavakkalchilikni o`lchash


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi


Download 276 Kb.
bet2/2
Sana11.12.2020
Hajmi276 Kb.
#165085
1   2
Bog'liq
15- variant-javoxir150420182559

.2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi

Endi biz bozorni boshqa tomoniga murojaat qilsakda va sotuvchilarning bozordagi ishtiroklaridan olayotgan foydalarini ko`rib chiqsak. Sotuvchilar farovonligining tahlili xaridorlar farovonligining tahlili bilan bir xilligini ko`ramiz.



Xarajat va sotish xohishi

Tasavvur qilingki, siz uy egasisiz va shu uyni ta’mirlashni xohlaysiz. Siz 4ta ta’mirlash xizmatlarini ko`rsatuvchi odamlarga murojaat qilasiz: Mariya, Frida, Jorjiya va Grenma. Agar narx to`g’ri kelsa, har bir xizmatchi bu ishni qilishga tayyor. Siz 4ta xizmatchini narxini ko`rib chiqing va kim bu ishni arzonroq narxda bajarishini taklif qilib kimoshdi savdosini o`tkazing. Har bir ta’mirchi agar narx qilinadigan ishga to`g’ri kelsa, ishni bajarishga tayyor. Bunda narx xizmatchining to`g’ri keladigan narxini bildiradi, bu narx xizmatchining qo`shimcha xarajatlarini (bo`yoq shchyotka va xokazolar) va qilinadigan mehnatni o`z ichiga oladi.

2-jadval har bir xizmatchining mehnat narxini ko`rsatadi. Xizmatchining ishi uchun olayotgan narx pastligi sababli narx bu xizmatni sotish o`lchovi hisoblanadi. Har bir xizmatchida mehnatini narxi tannarxdan baland bo`lganda, sotish xohishi bo`ladi. Har bir xizmatchi xizmatini tannarxidan baland narxga sotishga harakat qiladi va undan past narxga sotishni rad qiladi. Agar narx teng bo`lib qolsa, unga bu ishni bajarishning ahamiyati bo`lmaydi. U holda xizmatchi o`z kuchi va vaqtini boshqa narsaga sarflash tarafdori bo`ladi. Ish narxini taklif qilishganda, boshida narx baland bo`ladi, lekin keyin raqobat natijasida narx pasayadi. Boshida Grendma ish uchun 600$ so`raydi va ish unda uni tannarxi 500$ bo`lganligi uchun, bozorda qoladi, Boshqalar Mariya, Frida, Jorjiya bu ishni 600$dan kamiga qilishni xohlashmaydi. Ahamiyat bering, ish bu ishni arzonga bajaradigan xizmatchiga tegadi.

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini hisoblashda taklif chizig’idan foydalanish

Xuddi iste’molchi ortiqchaligi talab egri chizig’iga yaqindan bog’lik bo`lganidek, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif egri chizig’iga bog’lik. Bu qanday sodir bo`lishini bilish uchun oldingi misolimizni davom ettiramiz. Buni biz 4ta bo`yoqchini xizmati uchun belgilagan narxni taklif jadvalini topishdan boshlaymiz. 4-rasmdagi jadvalda ko`ringanidek taklif egri chizig’i 2-jadvalni narxi bilan to`g’ri keladi. Agar narx 500 dan kam bo`lsa 4ta bo`yoqchining birortasi ham bu ishni qilishni xohlamaydi va taklif miqdori 0ga teng bo`ladi. Agar narx 500 bilan 600 o`rtasida bo`lsa faqat Grendma bu ishga rozi bo`ladi va taklif miqdori 1ga teng bo`ladi. Agar narx 600 bilan 800 o`rtasida bo`lsa Grendma va Jorjiya bu ishni qilishga roz iva taklif miqdori 2ga teng va xo kozo. Natijada taklif darajasi 4ta bo`yoqchining narxidan kelib chiqadi.



4- rasmdagi chizma taklif egri chizig’i taklif jadvali bilan mos kelishini ko`rsatadi. E’tibor bering taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxiga bog’lik. Har qanday miqdorda taklif chizig’idagi narx cheklil sotuvchining, ya’ni narx to`g’ri kelmasa, bozorni birinchi tark etuvchi sotuvchini narxini ifodalaydi. 4 ta uy miqdorida esa taklif egri chizig’ining yuqorisi 900$ ga teng, bu Mariya xizmati uchun belgilagan narx. 3ta uy miqdorida taklif chizig’i 800$ ga teng. Bu Frida belgilagan narx. Taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxida aks etishi sababli, biz buni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini o`lchash uchun ishlatishimiz mumkin.

5-rasm taklif egri chizig’i bizning 2ta misolimizdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini hisoblash uchun ishlatiladi. (a) chizmada biz narx 600$ deb hisoblaymiz. Bu holda taklif miqdori 1ga teng. Narx va taklif egri chizig’i orasidagi maydon 100$ga teng. Biz buni Grentmaning ishlab chiqarish ortiqchaligi sifatida hisoblagandik. 5- rasm (b) chizmasi $800 narxdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda narxning past va taklif egri chizig’ining yuqorisi 2ta burchakning umumiy maydoniga teng. Bu maydon $500ga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligi biz oldin hisoblaganimizdek Grendma va Jorjiyani ikkita uyni bo`yaganida ko`rinadi. Bu misol taklif egri chizig’iga tegishli, past narx taklif egri chizig’ining yuqorisi bozordagi ishlab chiqarish ortiqchaligini o`lchaydi. Mazmun shundaki: taklif egri chizig’ining yuqorisi sotuvchilarning narxini ishlab chiqarish va narx o`rtasidagi farqni o`lchaydi. Bundan kelib chiqadiki, umumiy maydon bu barcha sotuvchilarni ishlab chiqarish ortiqchaligining yig’indisiga teng.



Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi

Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi.



Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir ko`rsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizig’ini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi.

Taklif egri chizig’i oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiqchaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizig’idan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P1dan P2 ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi o`sishining 2 tomoni mavjud.

Birinchisi Q1da tovarlarni past narxda P1da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq xaq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng.

Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Bozorga yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi.



Tahlildan ko`rinib turganidek biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.



3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish va uning xarajatlari to`g’risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech bo`lmaganda birontasini ham o`zgartirib bo`lmaydigan vaqtga aytiladi Shu vaqt davomida o`zgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqg ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o`zgartirish kiritish uchun etarli bo`lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o`zgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish intensivligini o`zgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham o`zgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq vaqtga mo`ljallangan echimlari bilan bog’liq bo`lib, bu echimlar ma’lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.

Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati o`rtasidagi farqni o`rganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga etkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.

Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o`zgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo`lgani uchun, masalan, E nuqgada mahsulotni qo`shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo`shimcha foydalanish bilan bog’liq. Biroq, qisqa mudtsatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqgda qo`llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sig’imini 1dan Zgacha ko`paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqga) qaraganda 10 dollar ortiq.

Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqgda uzoq muddatli davrda omillarni o`zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko`paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq mudtsatli davrda agar ishlab chiqarish jarayonitsa ikki dona (birlik) kapital qo`shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.

Shunday qilib, bizning firmamiz qo`shimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligvdan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qo`shimcha kapital kelib qo`shilgan vaqgda firma o`zi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko`paytirishi mumkin.

Bitta o`zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish

Kapital katiy belgilangan ishlab chiqarish omili bo`lib, mehnat esa o`zgaruvchan hisoblanuvchi holatni ko`rib chiqamiz. Bu holda firma ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga ko`paytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (o`zgarmas) miqdorda asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko`p ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal qilishingiz kerak. Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot Q miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L o`sgan sari qanday ko`payishini (agar umuman ko`paysa) bilish zarur.

Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo`lgan sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi ustun — mehnat sarfi, ikkinchisi — kapitalning o`zgarmas miqdori va uchinchisi — ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi nulga teng bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi ham nul bo`ladi. Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o`sib boradi. Bu nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo`shimcha mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq ko`rsatilgan bu nuqtadan keyin qo`shimcha mehnat sarflari to`la bo`lmay qoladi va samaraga qarshi bo`lib qolishi mumkin (yig’ish liniyasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq o`n kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi).

Bitta o`zgarib turuvchi omil qo`llangandagi ishlab chiqarish natijalari



Mehnat sarfi (L)

Kapital sarfi (K)

Ishlab chiqarish hajmi (Q)

O`rtacha mahsulot (Q /L)

Chegarali mahsulot (DQ /DL)

0

10

0





1

10

10

10

10

2

10

30

15

20

3

10

60

20

30

4

10

80

20

20

5

10

95

19

15

6

10

108

18

13

7

10

112

16

4

8

10

112

14

0

9

10

108

12

-4

10

10

100

10

-8

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling