9. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak
maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan?
A) "Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab
qo‘yay",− dedi zavqi oshib.
B) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob
bersin.
C) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa
qiynalmay yetib olardik.
D) "O‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga
chiqaylik", −dedi u.
10. "Zarbulmasal"dagi qaysi masalda
"Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga
yo‘rg‘alar", deganlaridek, o‘zbilarmon
obrazning ham ayanchli, ham kulgili
holga tushishi ko‘rsatib berilgan?
A) "Toshbaqa bilan Chayon"
B) "Tuya bilan bo‘taloq"
C) "MaymunbilanNajjor"
D) "Kabutar bilan Zog‘"
11. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud
emas?
A) Bolalar uning bo‘shangligini bilib,
baravar tortishishdan sira qolmasdi.
B) Manzilga yetkach sen bilan alohida
gaplashaman.
C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning
nomini faxr bilan tilga olayapmiz.
D) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq,
qudratli qanot paydo qilayotibdi.
12. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan
so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no
ko‘chishi yuz bergan?
A) Tez orada "Sohibqiron"sahna yuzini
ko‘radi.
B) Bu g‘arib boshnimalarni ko‘rmagan,
jigarim.
C) Negadir ishtaham qochib ketdi.
D) Shamol kuchayib olovning tiliyana ham
uzunlashdi.
13. Bahor. . . Bu kun olam uyg‘onmoqda.
Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji
qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda.
Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda.
Ushbu parcha qaysi uslubga xos?
A) ilmiy uslub
B) badiiy uslub
C) rasmiy uslub D) so‘zlashuv uslubi
14. Qaysi javobda Odil Yoqubovning
pyesalari berilgan?
A) “Dastlabki qadam”, “Er boshiga ish
tushsa”
B) “Ko‘hna dunyo”,“Adolat manzili”
C) “Muzaffar Temur”, “Chin muhabbat”
D) “Shohi so‘zana”, “Ayajonlarim”
15. Bu dostonda Navoiy islomiy mezonlar,
umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib
Olam va Odam to‘g‘risidagi
o‘zmulohazalarini yuksak badiiy shaklda
ifoda etadi. Unda shoir shunday misralarni
keltiradi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Balki nishoni anga iymon erur.
Ya’ni: "Kim bu dunyoda inson deb atalibdi,
insonligining belgisi iymondir. Iymonsizni
odam deb atab bo‘lmaydi. ...Shuning uchun
insonlikning asosiy mezoni iymondir",
−degan mazmundagi fikrlarni bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |