5. “Ulkan portlash”dan keyin koinot nimalar bilan to‘lgan?
A) mayda zarralar va suv tomchilari bilan;
B) quyuq chang va gazlar bilan;
C) qum zarralari va kislorod bilan;
D) chang va tomchilar bilan.
6. “Ulkan portlash” haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
A) 13,8 milliard yil avval sodir bo‘lgan;
B) biz shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz;
C) “Ulkan portlash” hali tugagan emas;
D) u faqatgina bir marta sodir bo‘lgan.
7. Pulsiz maza qilmaydi. Yo‘lini topish kerak. Qo‘liga tushgan
jurnalda har bir xizmat uchun haq to‘lanishi lozimligini o‘qib,
ko‘zlari chaqnab ketdi.
Ushbu parchadagi yopiq bo’g’inlarda lablangan unlilar soni
nechta?
A) 8 ta
B) 7 ta
C) 6 ta
D) 5 ta
8. Elparvar, obro‘li, qo‘rs, ehtiyotkor, erkatoy, erinchoq, epchil,
o‘jar, o‘tkir, ezma, qo‘rqoq, mehribon, jo‘shqin, zo‘ravon,
g‘o‘daygan, ko‘ngilchan.
Ushbu so’zlarda e harfi necha o’rinda yopiq bo’g’inda
qo’llangan?
A) 8 ta
B) 7 ta
C) 6 ta
D) 5 ta
Matn asosida 9, 10, 11 testlarni yeching
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud
axloq” asarida insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan
qaytaruvchi bir ilm”, ya’ni axloq haqida fikr yuritiladi.
“Axloq – bu xulqlar majmuyi. Xulq esa ezgulik yoki
razillikni insonda namoyon bo‘lishidir. Kishilar tug‘ilishidan
yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit
yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya
yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo
falokat masalasidir. Tarbiya inson tug‘ilgan kundan boshlanadi
va umrining oxiriga qadar davom etadi”.
9. Ostiga chizilgan gapda nima uchun tire qo’yilgan?
A) ushbu gapda tire xato qo’llanilgan
B) ajratilgan bo’llak bo’lgani uchun
C) bog’lamasiz ot kesim borligi uchun
D) ega ma’nosi izohlanganligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |