Javohir Yo’ldoshev


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314141
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-sinf ona tili darsligi asosida 1-variant (javobli)



 
@Milliy_til_1 
 Javohir Yo’ldoshev
5-sinf ona tili darsligi asosida sinov 1 
 
1. Shijoatli, sherlar ichra sher edi. U adolatni sevardi. Jaloliddin 
o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, 
taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib
qo‘ymaydigan, favqulodda mard va botir sarkarda edi. 
Ushbu gapda shaxs otlari soni nechta? 
A) 3 
B) 1 
C) 2 
D) shaxs oti qatnashmagan 
 
2. Fe’llar gramatik xususiyatiga ko’ra qanday turlarga 
bo’linadi? 
A) aniq, o’zlik va majhul 
B) harakat va holat 
C) bo’lishli va bo’lishsiz 
D) o’timli va o’timsiz 
3. Quyidagi qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik 
mavjud? 
A) Ahillik yo‘qolganini ko‘rgan qishloq oqsoqoli baloning 
oldini olish maqsadida odamlarga ham, ixtirochiga ham 
yoqadigan taklif aytibdi 
B) Qishloqdagilar o‘zlari ishlashdan ko‘ra robotni ishlatishni 
afzalko‘ra boshlashibdi. Ixtirochi yigit esa yana o‘nta shunday 
robot yasab, ularni sinovdan o‘tkaza boshlabdi. 
C) Robot dastyor bola bajaradigan barcha ishlarni: yer chopish, 
daraxt o‘tqazish, hayvonlarga ortiladigan anjom-afzallarni 
tashishni ham o‘zi uddalar ekan. 
D) Bizning zamonda bir qishloq bo‘lgan ekan. Qishloq odamlari 
mehnatkash va ahil ekanlar. 
 
4. A...valo, rob…t tabiiy emas, o‘zi yaralmagan, ongli
mav…udot t…monidan yasalgan. 
Ushbu gapdagi nuqtalar o’rniga qo’yilishi kerak bo’lgan 
tovushlarning nechtasida til ishtirok etadi?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta 
 
Matn asosida 5-, 6-testlarni yeching. 
Ulkan portlash  
Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan ham 
kichkina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Bu narsa shu
qadar kichkina boʻlganki, hatto mikroskop bilan ham uni topa 
olmagan boʻlar edingiz. Lekin qanday qilib undan butun koinot
yaraldi? Shu mitti zarradan sayyoralar, yulduzlar va galaktikalar 
qanday oʻsib chiqdi? Bu savollar haligacha jumboq boʻlib
qolmoqda. Olimlar faqat shu narsaning 13,8 milliard yil oldin 
portlagani va soniya oʻtar-oʻtmas katta bir borliqning paydo 
boʻlganini aniqlashgan, xolos. Bu hodisa fanda “Ulkan portlash”
deb ataladi. Oʻsha portlashdan soʻng koinot quyuq chang va
gazlar bilan to‘lgan. Undagi mayda zarralar bir-biriga qoʻshilib, 
ulkan yulduzlarni hosil qilgan. Sayyoralar paydo bo‘lgan. Hozir
ham galaktikamizning qaysidir burchaklarida mayda zarralar
birlashib, yulduzlar yaralmoqda. Koinot esa kun sayin yanada 
kengaymoqda, yaʼni “Ulkan portlash” hali tugagan emas. Biz
esa shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling