Jaxon iqtisodiyotidagi globallashuv iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichi va uning amal qilishi. Reja


Download 5.01 Mb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Mb.
#1503037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jaxon iqtisodiyotidagi globallashuv iqtisodiy rivojlanishning yangi1

Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari
Global iqtisodiyotning yadrosi qadim zamonlardayoq Hind okeani va O’rta er dengizi atrofidagi mamlakatlar bilan birgalikda Yaqin Sharq mintaqasida paydo bo’lgan.Barchasi xalqaro tovarlar savdosidan boshlangan. Dunyodagi birinchi yirik davlat – Misrning aholisi 5 ming yil avval qo’shni qabilalar bilan savdo qilar edi: Misr hunarmandchiligi va dehqonchiligining mahsulotlari evaziga ulardan yog’och, metall, qoramol xarid qilingan. Xalqaro tovarlar savdosiga xizmatlar sotuvchilari qo’shila bordi. Finikiyalik va gretsiyalik savdogarlar nafaqat butun O’rta yer dengizi bo’ylab o’zida ishlab chiqarilgan va boshqa mamlakatlarda sotib olingan tovarlar bilan savdo qilar, balki o’zgalarning yuklarini va o’zga yurtlik yo’lovchilarni tashib xizmatlar ham ko’rsatar edilar.
Asta-sekin xalqaro savdo boshqa dunyo mintaqalarini – dastlab Janubiy Osiyoni, so’ngra Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo, Rossiya, Amerika, Avstraliya va Okeaniyani, va nihoyat, Tropik Afrikaning etib borish qiyin bo’lgan hududlarini qamrab ola boshladi. Natijada, XIX asr oxirlariga kelib jahon tovarlar va xizmatlar bozori, ya‘ni savdo qilinadigan mahsulotlar bozorlarining yig’indisi vujudga keldi. Shu bilan bir vaqtda jahonda xalqaro iqtisodiy resurslarning harakati ham o’sib bordi. G’arbiy Yevropa kapitallari Amerika va Rossiyadagi investitsiyalarning sezilarli unsurlariga aylandi, yevropalik emigrantlar Shimoliy Amerika, Janubiy Osiyo, Avstraliyaning ulkan kengliklarini xo’jalik jihatdan o’zlashtirdilar. G’arbiy tadbirkorlar dunyoning barcha burchaklariga g’arbiy fan yutuqlarini (elektr quvvati, ichki yonish dvigateli, mexanik harakatlanish vositalarini) olib bordilar. So’ngra kamroq rivojlangan mamlakatlar ham bilimlar, kapital va ayniqsa ishchi kuchini eksport qila boshladilar, buning natijasida mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy resurslarning ko’chish jarayoni o’zaro (ikki tomonlama), biroq unchalik simmetrik bo’lmagan xususiyatlarga ega bo’ldi. Shunday qilib, barcha milliy iqtisodiyotlar nafaqat jahon tovarlar va xizmatlar bozorining, balki xalqaro iqtisodiy resurslar harakatining ishtirokchilariga aylandi.
Ushbu sharoitlarda XIX – XX asr bo’sag’asida global iqtisodiyot to’g’risida
gapirish imkoniyati tugildi.7
Globallashuvning bosqichlari
Global iqtisodiyot vujudga kelgach, bir necha bosqichlarni bosib o’tdi.
XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davr globallashuvning dastlabki bosqichiga aylandi. Ushbu uchta o’n yillik davrida ko’pgina milliy iqtisodiyotlarda eksport va import qilinuvchi mahsulotning ulushi bo’yicha erishilgan daraja faqatgina yarim asrdan so’nggina oshirildi. G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan iqtisodiy resurslarni yangi tez o’sib borayotgan iqtisodiyotlarga (o’sha vaqtda bu AQSH, Rossiya va Britaniya dominionlari) olib chiqishning katta ko’lamlaridan (Buyuk Britaniya o’z mamlakatiga nisbatan chet elga ko’proq kapital kiritar edi) faqatgina ko’p o’n yilliklardan so’ng oshib o’tildi. Birinchi jahon urushidan oldin chet eldan kapital oqimi Rossiyada sanoatga investitsiyalarning yarmidan ortig’ini ta‘minlar, AQSHda ishchilarning yarmidan ortig’i immigrantlardan tashkil topgan edi. O’sha davrda integratsion birlashmalar mavjud bo’lmagan (ularning o’rnini ma‘lum darajada imperiyalar bosar edi), xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kamsonli va zaif, TMKlar esa ko’p bo’lmagan bo’lsada, biroq umuman olganda globallashuvning mazkur bosqichi haqida globallashuvning dastlabki to’lqini sifatida gapirish mumkin.
Birinchi jahon urushining boshidan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha bo’lgan davr urushlar, inqiloblar, 1930-yillar iqtisodiy inqirozi davomida globallashuvning qisqarish bosqichi bo’ldi. Natijada, agar Rossiyadan tovarlar eksporti 1913 yilda 1 mlrd dollardan ortiq bo’lgan bo’lsa, 1938 yilda – atigi 0,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. AQSHda ushbu davrda eksport 2,6 mlrd dollardan 3,1 mlrd dollargacha ortdi, lekin haqiqatda u keskin pasaydi, chunki dollar bu davrda 2,2 marta qadrsizlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi va 1970-yillarning oxirigicha bo’lgan davr global iqtisodiyotning tiklanish bosqichi bo’ldi. 1950-yillarning boshidayoq jahon savdo hajmi 1913 yil darajasiga etdi, xolbuki iqtisodiy resurslarning harakati ushbu davrning faqatgina oxiriga kelib avvalgi ko’lamga etdi. Ushbu bosqichda globallashuvning yangi to’lqini uchun muhim shart-sharoitlar yaratildi – integratsion birlashmalar tashkil topar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni ko’payar, TMKlar soni tez ortib borar edi.
1970-yillarning oxiri – 1980-yillarning boshidan 2008 yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqiroziga qadar bo’lgan davr globallashuvning ikkinchi to’lqiniga aylandi. Birinchi to’lqinning deyarli barcha rekordlaridan oshib o’tilgan edi. Eksport va import qilinuvchi mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati keskin o’sdi, integratsion birlashmalar ko’pgina mintaqalarda qudratli kuchga aylandi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati, ayniqsa kamroq rivojlangan mamlakatlar uchun keskin o’sdi, TMKlar esa umumiy jahon YaIMning chorakdan uchdan bir qismigacha (shu jumladan, faqat o’z xorijiy filiallarida 9%dan ortig’ini) ishlab chiqara boshladi. Biroq, globallashuvning yuqorida aytib o’tilgan inqirozdan so’ng boshlangan hozirgi bosqichi uning xarakterini yangitdan o’zgartirmoqda. Yirik mamlakatlarda tashqi bozorga nisbatan ishonchliroq bo’lgan ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga bo’lgan e‘tibor kuchayib bormoqda. Jahonda kapitalning erkin harakatlanishi ayniqsa, kapitalni xalqaro ―tushirish va ortish shohobchalari‖ – offshor yurisdiksiyalari tobora ko’proq tanqidiy ko’rib chiqilmoqda. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi yo’lidagi to’siqlar ko’payib bormoqda. Ehtiyotkorlik bilan shuni oldindan aytish mumkinki, bu so’nggi jahon iqtisodiy inqirozining oqibatidan ko’ra ko’proq globallashuv sur‘atlari pasayishining uzoq muddatli tendensiyasi bo’ladi. Ehtimol, globallashuv davriy (siklik) rivojlanadi va uning ikkinchi to’lqini, ikkita jahon urushlari orasidagi davrda bo’lganidek tislanma harakat bilan emas, balki nisbatan o’rtacha sur‘atlar bilan almashib, tugamoqda.8



Download 5.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling