Jaxon kompazitorlari ijodidan tinglash va na’munalar keltirish
Download 70.35 Kb.
|
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik) va axloqiy fazilat (halollik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘sishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, go‘zallikni, haraklarning ifodaliligini, qaddiqomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-xarakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustahkamlanadi, harakat ko‘nikma-lari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari, sirg‘anish uchun muz yo‘lkalar) qurish, jismoniy tarbiya jihozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni bo‘yash), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi. Jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi: Gigiyenik omillar. Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv) Jismoniy mashqlar. Xilma-xil faoliyat turlari. Uqalash (massaj) Gigiyenik omillarga: а) mashg‘ulotlar rejimi; b) dam olish; v) Ovqatlanish; g) uyqu; d) kiyim bosh, poyabzal; ye) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar… kiradi. Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Gigiyenik omillari barcha organ va tizimlarning yaxshi ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradi. To‘laqonli uyqo‘ nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi. Xonalar, jismoniy jihozlar, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Xonalarni to‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklari (shabko‘rlik va boshqalar) ning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi. Tabiatning tabiiy kuchlari Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashuvi kuchayadi…) Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past temperaturaga moslashuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan (raxit…) saqlaydi. Jismoniy mashqlar Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Download 70.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling