Jaxon kompazitorlari ijodidan tinglash va na’munalar keltirish
Download 70.35 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari
- Sog‘lomlashtirish vazifalari
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi. Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar. 1.2 Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. Sog‘lomlashtirish vazifalari. Ta’limiy vazifalar. Tarbiyaviy vazifalar. Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir: suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish; tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish; barcha mushaklar gruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar); ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim. yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlan-tirish; ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (oaqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashga yordamlashish; termoregulyatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘mak-lashish; markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Download 70.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling