Jaxon mamlakatlarida Ta’lim tizimini integratsiyalash va differensiyalash. Reja
Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan kelib chiqqan
Download 47.89 Kb.
|
Jaxon mamlakatlarida Ta’lim tizimini integratsiyalash va differensiyalash.
Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligini aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich - tabiat haqidagi elementar bilimlarni birlashtirish; oraliq - fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. SHu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limni to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga oshiriladi. Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi. Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta’lim muammolari aks etmagan. Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya – differensiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv – differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari etishmaydi. Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta’limini integratsiyalashning muhimligiga e’tibor qaratsa, ba’zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi. Demak, integratsiya - o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini oldini oladi. Download 47.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling