Fizikadan masalalar ishlash
Download 171.62 Kb.
|
АХРОРГА
Fizikadan masalalar ishlash - o'quv ishining zaruriy elementlaridan biridir. Masala ishlash talabalarda fizik hodisalar orasidagi bog'lanishlani, qonunlarni chuqur o'zlashtirishga, ularning mantiqiy fikrlashini va izlanuvchanlik qobilyatini yanada rivojlantirishga, maqsadga erishish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Olgan nazariy bilimlardan turli vaziyatlarda foydalanishga va nazariya bilan amaliyot orasida bog'lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. Fizikaning qonunlarini bilish, ularni ta ’riflash bilangina belgilanmay, ularga taalluqli masalalarni echishni ham taqozo qiladi. Shuning uchun, fizikani o'rganishda masalalar ishlash muhim o 'rinni egallabgina qolmay, balki ma’lum qiyinchilikni ham yuzaga keltiradi. Masalani tahlil qilish va biror hodisani ifodalovchi tenglamalar sistemasini tuzishda asosiy e'tiboni tez-tez uchrab turadigan fizik kattaliklarning qanday ekanligiga qaratish kerak. Jumladan, agar kattalik vektor xarakterda bo'lsa, ularning faqatgina son qiymatlarini emas, balki yo'nalishlarini ham hisobga olish zarur. Shuni esda tutish lozimki, vektor kattaliklarning son qiymati va yo'nalishi, ularning ajralmas tavsifidir. Vektor kattalikning doimiyligi yoki o'zgarishi ustida gap ketganda, uning son qiym ati bilan birgalikda yo'nalishini ham nazarda tutish zarur. Shuni alohida ta'kidlash maqsadga muvofiqki, masala shartini o'qish bilanoq, darhoi asosiy e’tiborni izlanayotgan miqdorga qaratish va uni tezda topishga harakat qilmaslik kerak. Dastlab, masalada aytilgan fizik hodisani yaxshilab tushunib olish, bu hodisa asosida yotgan fizik qonunlarni esga olish va uning yuz berish mexanizmini yaqqol tasavvur qilishga harakat qilish kerak. Masala ishlash ko’nikmasi haqida professor D.SH.SHodievning quyidagi fikrlarini keltirmoqchimiz: “Fizik formulalarni keltirib chiqarish hech qachon ta’lim oluvchilarda tabiat hodisalari bilan tanishish imkoniyatini bermaydi.... Formulalarni keltirib chiqarish va yodlash ikkinchi darajali, asosiysi ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi fizik hodisani mohiyatini va ma’nosini tushunib yetishi kerak”. Bu fikrni misol keltirishdan asosiy maqsad hozir umumiy o‘rta ta’limtizimi va akademik litseylar fizika darsliklari kerak bo‘lganidan ortiq darajada matematikalashtirib yuborilganligidadir. Fizika ta’limi mazmunini o‘qitishda tez–tez oddiy matematik tuzilish va hisoblashlarga e’tibor qaratish ham o‘rganilayotgan aniq hodisani fizik mohiyatini tushunishning imkoniyatini cheklab qo‘yadi, sababi matematika fizikani mazmuni emas, balki qurolidir. Bu quroldan zarur bo‘lgan vaziyatlardagina foydalanish kerak. Malumki, masalalar ishlash uchun, fizik qonunlari yuzaki bilish yetarli emas. Ayrim hollarda umumiy bo'lgan maxsus metod va usullarni bilish ham talab qilinadi, boshqa hollarda esa, bunday metod va usullar yo'q bo'lishi ham mumkin. Bu holda, nazariyani bilishdan tashqari, mantiqiy fikrlashning shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy o'quv yurtlari fizika kursidan masalalar ishlash, quyidagilarni taqozo qiladi: ♦ qo'llanilayotgan metodlarning sababi, mohiyati va mazmunini bayon qilish: ♦ fizik qonunlarni chuqurroq bilish va kengroq tushunish; ♦ talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Masalalarning turlari va ishlash yo`llari, ularning mazmuni va didaktik maqsadi bo 'yicha turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi belgilari bo'yicha sinflarga ajaratish mumkin: • masalada ma’lumotlar berilishi bo'yicha; • masalani ishlash yo'li bo'yicha; Download 171.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling