Fizikadan masalalar ishlash


Download 171.62 Kb.
bet2/5
Sana27.03.2023
Hajmi171.62 Kb.
#1299279
1   2   3   4   5
Bog'liq
АХРОРГА

Sifat masalalari- -yechilishi hisoblashni talab qilmasdan, u yoki bu hodisani tushuntirishni, hodisaning borish shartlarini tanlashni, turli qarashlarning sifat tasniflarini ochishni talab qiladigan masalalardir. Bularda sonli ifodalar to'g'ridan -to'g’ri berilmaydi.
Hisoblashga doir masalalar - berilgan savolning javobi hisoblashlar orqali topiladigan masalalardir. Bunday masalalarni yechish uchun, dastlab ular sifat jihatdan tahlil qilinadi. Natijada hisoblash yo'llari va yechishda qo'llash mumkin bo'lgan variantlar aniqlanadi hamda hisoblash uchun arifmetik, algebraik, geornetrik va grafik usullar qo'llaniladi.
Masalani arifmetik yo'l bilan yechishda, asosan, arifmetik amallardan foydalanilsa, algebraik usuldan fcydalanganda esa, formulalar va tenglamalar ishlatiladi. Masalani geornetrik yo'l bilan yechishda geometriyaning teoremalaridan foydalanilsa, grafik usulda esa, grafik chizish yoki berilgan grafikni tahlil qilish usullari qo'llaniladi.
Masala: Uzunligi 10 sm bo’lgan mixni xodadan sug’urib olish uchun 1600 N kuch qo’yish kerak. Shu mixni sug’urib olishda qancha mexanik ish bajariladi?

Berilgan:
l=10 sm = 0,1 m
F=1600 N
A = ?







Yechish: mixni xodadan sug’urib olishda unga qo’yilgan kuch dastlab maksimal, so’ng tekis kamayib boradi, chunki xoda tomonidan mixga ko’rsatiladigan qarshilik kuchi kamayib boradi. Mixga qo’yilayotgan kuchning o’zgarishini grafik orqali ifodalashimiz mumkin. Grafik ostidagi yuza, ya’ni uchburchak shaklning yuzi son jihatdan bajarilgan mexanik ishga teng bo’ladi.

Javob: mixni xodadan sug’urib olishda bajarilgan ish A= 80 J ga teng.
Matnli masalalarning ham bir necha turini ko'rsatish mumkin: abstrakt masalalar, ishlab chiqarish va texnik mazmundagi masalalar. Abstrakt masalalarda hayotiy dalillar haqiqiy real modellar va ideal obyektlar orqali beriladi.
Bular talabalarning nazariy va obrazli fikr уuritishini rivojlantirishga xizmat qiladi. Egallagan bilimlarni turli vaziyatlarda qo'llashga imkon yaratadi.

Download 171.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling