Jaxon xo’jaligi tarqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari
I BOB JAXON XO’JALIGI VA UNING ASOSIY BELGILARI
Download 59.45 Kb.
|
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon xo’jaligi sub‘ektlari
- Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT)
I BOB JAXON XO’JALIGI VA UNING ASOSIY BELGILARI.
JAXON XO’JALIGI SUBYEKTLARI Jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va milliy–texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklar tizimidir. Jahon xo’jaligi sub‘ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi O’z xo’jaligi sub‘ektlarini majmuini oluvchi davlat; Transmilliy korporatsiyalar; Xalqaro tashkilot va institutlar; Milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining rivojlanishining va uni amal qilishiga mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta‘sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajada milliy qiymatlari yagona baynalminal qiymatga keltiriladi. Mamlakatlar o’rtasidagi sotish bozorinig egallash uchun keskin raqobat kurash olib boriladi. Mamlaktlar iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy ko’rsatkichlari bir xil bo’lmaydi. Ular quyidagi ko’rsatkichlarda namoyon bo’ladi: Milliy va nisbat YaIM; Milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori; Milliy iqtisodiyotning tormoq tuzilmasi; Mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; Aholining turmush darajasi va sifati. Iqtisodiyotni farqi pasaytirish va undagi farqni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqarish baynalminallashuv boradi, iqtisodiy aloqalar kuchayadi hamda iqtisodiy munosabatlar kengayib boradi. Iqtisodiy jarayonlarni baynalmillashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi: 1) Tovar va xizmatlar bozori; 2) Kapitallar jahon bozori; 3) Ishchi kuchi jahon bozori; 4) Xalqaro valyuta tizimi; 5) Xalqaro kredit-moliya tizimi. Iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning ma‘lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Mehnat taqsimotining rivojlanishuvi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Mehnat turlarini kupayib boradi, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynallminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslushuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Iqtisodiy hayotnig baynalminallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’li bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub‘ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. SHuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir hilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodaladilar. Download 59.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling