Jaxon xo’jaligi tarqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari


Download 59.45 Kb.
bet1/23
Sana08.05.2023
Hajmi59.45 Kb.
#1443561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI


JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI.

KIRISH
I BOB JAXON XO’JALIGI VA UNING ASOSIY BELGILARI.


1.1 JAXON XO’JALIGI SUBYEKTLARI
1.2 TARQQIYOTINING HOZIRGI DAVRI.
1.3 TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHI.
II BOB XALQARO IQTISODIY HUQUQ
2.1 TARAQQIYOTNING BESH TASHABBUSI
2.2 HOZIRGI ZAMON RIVOJLANISH BOSQICHI VA VALYUTA BOZORINING MOHIYATI, MAZMUNI VA IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI
2.3 JAHON XO’JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI

KIRISH
Hozirgi jahon xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarian biri tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoning tezlik bilan o’sishida namoyon bo’lmoqda. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil qiladi.
Xalqaro savdo - bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Masalan, tashqi savdo (xalqaro savdo) xamkorlikda ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, kadrlar tayyorlash, turizm va haqoza.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya‘ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradilar.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashning ¾ qismi to’g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat ¼ qismini tashkil qiladi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tovar ichki bozorga bo’lib, o’zlarining ichki iste‘moli uchun zarur bo’lgan archa tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Agar mamlakatni o’zida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olinganidan qimmatga tushsa, usha tovarlar import qilinadi.
Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdoridir. Masalan, O’zbekiston eksportga paxta tolasi, qimmatboho metallar, uran, mineral o’g’itlar chiqariladi. Asosan, bulardan tashqari avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o’g’itlar, ip-kalova va gazlama, trikotaj buyumlari, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni eksport tovarlari hajmi va turlarini kupaytirish hisobiga erishilmoqda. Eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushi 38 foizdan tashkil etgani, paxta tolasining ulushi esa 16,8 foizgacha kamayganini ham ko’rsatib o’tish mumkin[1].
Tovarlar eksporti va import summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi.
Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruchi mamlakatdan tovarni o’z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro’y beradi. Reeksport bilan reimport o’zviy bog’liq.. Reimport - iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlariga ega:

  1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida, mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi;

  2. Mamlakatlarning turli valyutalaridan foydalanish ular o’rtasidagi mamlakat xalqaro savdosini amalga oshirishda muayyan qiynchiliklarni to’g’diradi.

  3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichiki tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sezilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. Ananaviy ko’rishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoati yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo’llanilmoqda:



Download 59.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling