Jazilova malika bekmirzayevna


Download 1.05 Mb.
bet1/6
Sana02.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1422055
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jWVJekXadNfUW6E7k2X7W01kdYoAlGzBCfgxRMu0


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MA’RUZA. MA’RUZA TAYYORLASH
JAZILOVA MALIKA BEKMIRZAYEVNA
O‘ZBEK VA RUS TILLARI KAFEDRASI O‘QITUVCHISI
03 MAVZU
Reja:
Nazariy ma’lumot
Ma’ruza matnini tayyorlash
Maqola matni haqida ma’lumot
Ilmiy konfrensiyaga ma’ruza
tayyorlash. Konferensiya turlari
Mamlakatimizda 80-yillardan boshlab ma’ruzalarni muammoli tarzda bayon qilishga e’tibor berila boshlandi. Bundan maqsad yangicha bilim olish, ya’ni yangi mavzuni o‘rganish, muammoli savollar, masalalar qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish orqali amalga oshiriladi. Bilish jarayoni dialog tarzida amalga oshirilib, o‘qituvchining faoliyati talabalar bilan hamkorlikda kechadi. Dars tadqiqot faoliyatiga o‘xshab ketadi. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum bir nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, tinglovchilarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak.
Ma’ruzani o‘qish va matnini tayyorlash jarayonida qo'llaniladigan barcha an’anaviy va zamonaviy usullar, yo'llar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari va ko'rgazmali o'quv qurollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo'lishi lozim. Ma’ruza matni mustaqil ilmiy tadqiqot ishining bir turi bo‘lib, unda muallif o‘rganilayotgan muammoning mohiyatini ochib beradi; turli nuqtai nazarlarni, shuningdek, o‘z nuqtai nazarini keltiradi. Og‘zaki va yozma ma’ruza turlari mavjud.
Ma’ruzada tadqiqotchining uchta fazilati birlashadi: tadqiqot o‘tkazish qobiliyati, tinglovchilarga natijalarni taqdim etish qobiliyati va savollarga malakali javob berish. Ma’ruzani tayyorlash va shakllantirish jarayonida siz vazifaning bayonini, muammoning holatini, siz olgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini tushunishga kirishasiz. Ilmiy konferensiyada ma’ruza sizning kasbiy mahoratingizni rivojlantirish dinamikasini tezlashtiradigan va rag‘batlantiradigan oraliq mezondir. Doklad matni, asosan, ilmiy maqola loyihasidan boshqa narsa emas.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling