Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bo’yicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bo’lgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va ko’priklar tarmoqni lokal’ Kompyuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Ko’priklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bo’lgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish mumkin:
foydalanuvchi qism tizimi;
boshqarish qism tizimi;
kommunikatsion qism tizimi;
Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) Kompyuter tizimlarini o’z ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
rasm. Kompyuter tarmog’i fragmenti.
Boshqarish qism tizimi Kompyuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning o’zaro aloqasi yagona qoida bo’yicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yo’li bilan tizim elementlarining o’zaro aloqasini ta’minlaydi.
Kommunikatsion qism tizimi foydalanuvchilar manfaatlari va tarmoqni boshqarish uchun tarmoqda axborotni uzatishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, tarmoqning ishlashini uzoqlashtirilgan jarayonlarni kommunikatsion qism tizim orqali o’zaro aloqasi kabi tasavvur etish mumkin. Uzoqlashtirilgan jarayonlarning o’zaro aloqasi deganda fayllarni almashish, elektron pochta orqali axborotlarni uzatish, programmani bajarishga buyurtma yuborish va natijani olish, ma’lumotlar bazasiga murojaat va h. tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |