Jdpi ning Veb saxifasi
Download 1.52 Mb.
|
Jdpi ning Veb saxifasi
AMALIY ISHI № 7
Mavzu: Kompyuter tarmog’ining protokollari Ishning maqsadi: Talabalarda kompyuter tarmog’ining protokollariga doir tushunchalarni hosil qilish. Reja: 1. Nazariy ma’lumotlar. 2. Topshiriqni bajarish namunalari. 3. Talaba bajaradigan amaliy topshiriq variantlari. Nazariy ma’lumotlar. Internet tarmog’a turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o’ta katta EHM — meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol etiladi. Internet tarmog’i lavhasining strukturasi: LXT — lokal hisoblash tarmog’i Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi: — Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi; — Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi. IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP deytagramma) bo’lib chiqishni tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi. TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi. Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi. Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi. Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o’xshashdir: • Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi. • Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa bo’linmasiga xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi. Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga imkon beradi. Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi ahamiyatga ega emas. IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog’langanki, cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari. Bu bayonnomalar asosida ko’pgina tarmoqli servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak: • File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi: • Telnet — uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi kompyuterda masofadan turib ijro etish; • Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) — elektron pochtani yuborishning oddiy bayonnomasi; __ • Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish bayonnomasi (Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi); • Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) — yangiliklarni (telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi. Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni ishlatgan holda UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS Windows/Windows NT muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir, bu dasturlar o’z navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga ega. UNIX ma’lumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows muxitida esa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling