Jek London "Martin Iden" romani haqida


Download 29.08 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi29.08 Kb.
#118479
Bog'liq
Martin Iden


Jek London “Martin Iden” romani haqida.

Butun asar – rivojlanish , o‘qib – o‘rganish , qiyinchiliklarni yengish uchun kurashlar yig’indisi. Bu Jek Londonning yozuvchilik yo‘li tasvirlangan, barcha sahifalarda hayot va haqiqiylik aks etgan roman.

Martin Iden – badavlat advokat o‘g’lini tajovuzdan qutqargan 21 yoshli yigit. Bu unga burjua jamiyati eshiklarini ochadi. U yerda Ruf ismli yosh universitet talabsi, hayotni faqat kitoblar orqaligina biladigan qiz bilan tanishadi. Uni ko’rgandan so’ng Martin o’zi uchun ikki narsani hal qilib oladi, qizning muhabbatiga erishish va buni madaniyat orqali amalga oshirish. U janubuy dengizlar bo’ylab ko’p sayohatlardan kelgan oddiy dengizchi, Rufga va u yashaydigan olamga sehrlanib qolganini his qiladi. “martin Iden” tarbiyaviy romanning ajoyib namunasidir. Biz u bilan uning har bir rivojlanish bosqichi va yutuqlari, quvonchlari, kitoblari orqali hurmatga sazovor bo’lish uchun qanday qadamlar qo’yayotgani bilan yashaymiz.

Martinga o’zidan boshqa hech kim ishonmaydi. Boshqalar u hayotda o’rnini topishiga , qiyinchiliklarni yengib o’tishiga ishinmaydi. Martin iden kambag’al oiladan bo’lgan yolg’iz, kuchli, savodsiz, ammo mehribon, o’jar va qaysar, maqsadli odam bo’lib , u hayot yo’lida ko’p narsalarni ko’radi va his qiladi. U og’ir va iflos ishlardan qo’rqmaydi.

Romanda hayot uchun kurashda eng munosib odamning omon qolishi olqishlangan. Martin juda o’ziga ishongan yigit, uni sarguzashtlar dono va qoboliyatli qiladi. Martin Iden – bu hayot , iroda, intizom va o’zini hurmat qilish haqidagi asar.

Ma’lumki, “Martin Iden” va “Sarob” romani voqealari ikki xil tarixiy- ijtimoiy muhitda kechadi. “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Martin Iden”, “Sarob” kabi romanlarda davr psixologyasiga moslasha olmagan qahramonlarning dramatik yoki tragik qismati qalamga olinadi.

Abdulla Qahhor muhim tarixiy- ijtimoiy voqealarni milliy-mahalliy konteksda rivojlantirib boradi. Bu Martin Iden fojiasi ro’y bergan milliy koloritdan butunlay farq qiladi. Saidiy va Munisxonning muhabbatida ham,bu masalaning oila muhitida hal qilinishida ham, Saidiyning uylanishi motivida ham miliy ruh barq urib turadi.

Munisxon Saidiyga , Rufning esa Martinga bo‘lgan munosabatlari o’rtasida ancha farqlar seziladi.



Munisxon Saidiyga bo’lgan tuyg’usini imkon qadar yashirar, o’zini ham faqat do’st bo’lib qolishlariga ishontirar, boshqalarning ham shunday o’ylashini istar edi.

Ruf esa Martinga nisbatan, Munisxondan farqli ravishda, o‘ziga mos qalliq sifatida, erkak sifatida qarar edi.
Download 29.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling