Jek londonning "martin iden" romani haqida


Download 20.67 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.67 Kb.
#220087
Bog'liq
JEK LONDONNING


JEK LONDONNING “MARTIN IDEN” ROMANI HAQIDA

Xulosa

“Martin Iden” – bu haddan tashqari hayotiy kitob, insoniyat nodonligidan tortib go‘zallik cho‘qqisigacha bo‘lgan katarsis sayohati. Bu safarning transport vositasi – kitobdagi so‘zlar.Butun kitob – rivojlanish, o‘qib-o‘rganish, qiyinchiliklarni yengish uchun kurashlar yig‘indisi. Bu Jek Londonning yozuvchilik yo‘li tasvirlangan, barcha sahifalarida hayot va haqiqiylik aks etgan roman. Uning barcha asarlarida bo‘lgani kabi, ushbu romanda ham yozuvchi avtobiografiyasining qaysi qismini ishlatganini aniqlash qiyin. Asarning tafsilotlariga yopishmasak, biz unda aynan Jek Londonning kurashchanligi, odamiyligi va individualligini uchratishimiz mumkin.Martin Iden – badavlat advokat o‘g‘lini tajovuzdan qutqargan 21 yoshli yigit. Bu unga o‘z shahrining burjua jamiyati eshiklarini ochadi. U yerda Ruf ismli yosh universitet talabasi, hayotni faqat kitoblar orqaligina biladigan qiz bilan tanishadi. Uni ko‘rgandan so‘ng Martin Iden o‘zi uchun ikki narsani hal qilib oladi: qizning muhabbatiga erishish va buni madaniyat orqali amalga oshirish. U janubiy dengizlar bo‘ylab ko‘p sayohatlardan kelgan oddiy dengizchi, lekin Rufga va u yashaydigan olamga sehrlanib qolganini his qiladi.Martin temir irodasi bilan o‘zini o‘zi o‘qitishni kutubxonadan olgan kitoblari orqali boshlaydi. “Martin Iden” tarbiyaviy romanning ajoyib namunasidir. Biz u bilan uning har bir rivojlanish bosqichi va yutuqlari, quvonchlari, kitoblar orqali hurmatga sazovor bo‘lish uchun qanday qadamlar qo‘yayotgani bilan yashaymiz.Martin Idenning o‘zi kitoblar hayotni yoritadi, uni yanada yoqimli va qiziqarli qiladi deb o‘ylaydimi? Yo‘q. Martin har doim tikka gapirishni yaxshi ko‘radigan qo‘pol dengizchi bo‘lib qoladi. Ammo madaniyat uni Rufga yaqinlashtiradi va bu uning maqsadi edi. Biroq yangi nuqtai nazar uning yo‘lini kesib o‘tadi: u sevgan adabiyotni o‘zi ham yozishi mumkinligini aniqlaydi. Uyqudan vaqt o‘g‘irlab, kuniga o‘n to‘qqiz soat tinimsiz mehnat qilib, baxtsiz hayot kechirib, o‘zini deyarli qashshoqlashtirib, birinchi hikoyalarini yozadi va mamlakatning eng yaxshi jurnallariga yuboradi. Biror muharrirning e’tiborini jalb qila olmasdan, ish stolida rad etilgan asl nusxalarni to‘plasa ham, umidsizlikka tushmaydi. U asarlarini nashr etishda muvaffaqiyatga erishsa, Ruf ham uni sevib qolishini o‘ylaydi. Ammo men uning xatti-harakatlarida madaniyatning idillik tushunchasi mavjudligiga ishonmayman. U uchun nashr qilmaslik, hatto yozmaslik ham muhim emas; asosiysi pul ishlash. Boy bo‘lmasangiz, hech kim emassiz. Jek London ham uning qahramoni singari amerikalik edi, bu uning pragmatik ekanini anglatadi. Bu jamiyat uchun pul baxt keltiradi, aniqrog‘i, bu baxt keltiradigan yagona narsa. Roman yozuv mashinkasi oldida o‘tirgan va buyuk noshirlarning shafqatsiz kuchi bilan kurashishga urinayotgan kichkina odam haqida. Bu pragmatik jamiyatda siz dunyodagi eng yaxshi yozuvchi bo‘lishingiz mumkin, lekin agar siz nashr qilinmasangiz va kitoblaringiz sotilmasa, siz hech kim emassiz, siz hatto yozuvchi ham emassiz.Martinga o‘zidan boshqa hech kim ishonmaydi. Boshqalar u hayotda o‘rnini topishiga, qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonmaydi. Martin Iden kambag‘al oiladan bo‘lgan yolg‘iz, kuchli, savodsiz, ammo mehribon, o‘jar va maqsadli odam bo‘lib, u hayot yo‘lida ko‘p narsalarni ko‘rgan va his qilgan. U og‘ir va iflos ishlardan qo‘rqmaydi.Kitob yarmida kecha-yu kunduz o‘qish uchun shuncha kuch va sabr-toqatni qayerdan olayotganini Martindan so‘ragim keladi. Istagan narsamni olish uchun hech kimga quloq solmay olg‘a siljishim kerakmi?! Sevgi. Bu uning qalbida inqilob yaratib, uni bilimga jalb etgan tuyg‘u edi. Sevgi to‘pori dengizchini kitoblarga qiziqtirdi va oqibatda uni buyuk yozuvchi qildi. U Rufni juda sevadi, unga yoqqisi keladi... Uni uyqu, ovqat va kiyim tashvishlantirmaydi. Rufga yoqish uchun u o‘sadi, odam bo‘ladi. Aqli idrokidan ustun bo‘lgan aqlli odam, u ilgari o‘zi daho deb bilganlarni ham ortda qoldirib ketadi. Uning hamma narsasi: puli, obro‘yi, mashhurligi va kuchli aqli bor edi. Lekin u baxtni pulga sotib ola olmagan baxtsiz inson edi...Ushbu roman ayniqsa nashriyot olamida mavqe egallash uchun uylarida jimgina ishlayotgan yoshlar uchun juda mos keladi. Bu kitobda ular uchun bir postulat bor: ko‘p ishlasangiz, istaganingizni olasiz. Bu hayajonli, ulug‘vor, romanga aylantirilgan Amerika mentalitetidir.Jek London o‘z davrining buyuk mutafakkirlari, ayniqsa Gerbert Spenser va Nitsshe g‘oyalarining kuchli ta’sirida ostida bo‘lgan odam edi. Romanda hayot uchun kurashda eng munosib odamning omon qolishi olqishlangan. Martin juda o‘ziga ishongan yigit, uni sarguzashtlari dono va qobiliyatli qildi.Martin Iden – bu hayot, iroda, intizom va o‘zini hurmat qilish haqidagi asar. Yutqazganlar adabiyotning asosiy qahramonlari bo‘lgan asrda, Martin Iden unutilmas istisnoga aylandi, xuddi Jek Londonda bo‘lgani kabi: u million dollar ishlab topganidan so‘ng mashhur va obro‘li bo‘lib qoldi. Tanqidchilar va jamoatchilik ularning imtiyozli mavqeidan mamnun emasdi.Qirq yoshida morfinning ortiqcha dozasi tufayli Jek London Kaliforniyadagi ranchosida vafot etdi. San-Fransisko bandargohlarida ishchi bo‘lgan Jek London va so‘z yordamida shon-sharaf qidirgan dengizchi Martin Iden o‘zlarining ajoyib faoliyatiga o‘zlari nuqta qo‘ydi. Qizig‘i shundaki, Martin Iden asarida Jek London go‘yo o‘z fojiasini bashorat qilgandek. Uning o‘zi aytganidek, u uxlab yotgan doimiy sayyora bo‘lishdan ko‘ra yorqin va tez uchib o‘tgan meteorit bo‘lishni afzal ko‘rgan edi...
Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling