Yuridik shaxslardan olinadigan Yer
solig’i stavkalari Prezident Qarori
bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari
tuprok sifatini (bonitetini) hisobga
olgan holda belgilanadi. Yer
resurslaridan yanada samarali
foydalanish uchun Soliq stavkasi
2009 yilga nisbatan 2010 yilda 1,15
barovarga indeksasiya kilindi, ya’ni
15 foizga oshirildi.
Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi
Yer solig’i har yili 1-yanvargacha hisoblab chiqariladi va uning hisob-kitobi davlat Soliq
xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga kadar taqdim etiladi.
Yer solig’i Soliq solinadigan baza va belgilangan stavka asosida hisoblab chiqiladi.
Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish
huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor
qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko’paygan (kamaygan) yoki
yer solig’i bo’yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik
shaxslar davlat Soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer
uchastkasi ajratilgan (olib kuyilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga
kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Soliq davri mobaynida Qishloq xo’jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida
o’zgarishlar yuz bergan yagona yer solig’ini to’lashga utmagan Qishloq xo’jaligi
korxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat Soliq xizmati organiga
joriy yilning 1 dekabriga kadar taqdim etadi.
Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har chorakda, chorakni ikkinchi oyining 15-kuniga
kadar teng ulushlarda to’laydi (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr).
Thank
Thank
Thank
you!
you!
you!
Do'stlaringiz bilan baham: |