Jiddiy ekologik muommalarning koinat va fazolarga tasiri
Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi
Download 33.51 Kb.
|
JIDDIY EKOLOGIK MUOMMALARNING KOINAT VA FAZOLARGA TASIRI
Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini aholi turmush darajasini yuksaltirish sanoat, ishlab chiqarish sohasi, qishloq xo`jaligini isloh qilish bilan cheklanmay, atrof – muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq muammolarni hal qilishni ham o`z ichiga oladi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotiga jadal kirib borar ekan, atrof – muhitni muhofaza qilish masalasi ham hukumatimiz tomonidan iqtisodiy islohotlar va tarqqiyotning muhim yo`nalishlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Atmosfera nafaqat tiriklik manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, u hom – ashyo shuningdek undan turli xil qurilmalarni sovitishda, transport yo`li sifatida foydalaniladi. Dengiz va okeanlarda o`sadigan o`simliklar ham havoga kislorod chiqaradi. Ammo so`nggi yillarda dengiz va okeanlar yuzi neft qatlamalari bilan qoplanib, suv va havo o`rtasida energiya almashinishi va kislorodning havoga kamroq chiqishi hollari kuzatiladi. Bu esa yer kurrasida kislorodning tabiiy dinamik muvozanatini buzilishiga olib keladi. Shu boisdan hozirgi vaqtda atmosferani muhofaza etish umumjahon muammosi hisoblanadi. 1996-yil 27 – dekabrda mustaqil O`zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. 1 Qonunning maqsadi – atmosfera havosini mustaqil tabiiy obyekt unsure sifatida huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Mazkur qonunning asosiy vazifalari: atmosfera havosining tarkibini saqlash; turli xil kimyoviy, fizik, biologic va boshqa xil ta`sirning lodini olish, dalat, yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdir. Atmosfera havosi ham umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilindi. Mustaqil respublikamizda atmosfera havosini ekologik – huquqiy muhofaza qilish nafaqat ushbu qonun, balki tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiit hududlar, cuv va suvdan foydalanish, o`simlik dunyosini muhofza qilish va undan foydalanish kabi ixtisoslashtirilgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to`g`risidagi qonunlar, yer, jinoyat, fuqorolik, ma`muroy javobgarlik to`g`risidagi qonunlar kabi umumlashtirilgan qonunlar va boshqa me`yoriy huquq manbalari asosida ish olib boriladi. 1986 – yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunning bir qator afzallik tomonlari bor. 2 Avvalambor, yangi Xulosa Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimizning rahbariyati Prezidentimiz Islom Karimov asosiy e`tiborni qaratdi, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi. Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. President I. A. Karimov ekologik ma`uliyatni umuminsoniy harakterga ega ekanligini ta`kidlab, tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya etis va ekologik harakatlarning oldini olish mustaqil davlatimizning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy masalasi bo`libgina qolmay, balki ekologik siyosatning asosiga aylanishi lozimligini, ushbu masala ortida burun mustaqil davlatimiz, millatning taqdiri yotganligini ta`kidladi. Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Download 33.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling