Parenximatoz sariqlikni asosiy belgilari Jigar osti sariqligida teri va shilliq qavatlaming sarg‘ayishi odatda, sekin - asta kuchayib boradi. Bu o't yo'llarini tosh, rivojlanayotgan o‘sma va boshqa sabablarga ko'ra sekin – asta yopilishi natijasida yuz beradi. Sariqlik ba’zan o‘t yo'llari obstruksiyasining birinchi klinik belgisi bo'lishi mumkin. Bimday hollarda bemorlami holsizlik, tez charchash, ozib ketish, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bezovta qiladi. - Jigar osti sariqligida teri va shilliq qavatlaming sarg‘ayishi odatda, sekin - asta kuchayib boradi. Bu o't yo'llarini tosh, rivojlanayotgan o‘sma va boshqa sabablarga ko'ra sekin – asta yopilishi natijasida yuz beradi. Sariqlik ba’zan o‘t yo'llari obstruksiyasining birinchi klinik belgisi bo'lishi mumkin. Bimday hollarda bemorlami holsizlik, tez charchash, ozib ketish, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bezovta qiladi.
- Jigar ichi xolestazida sariqlik oldidan uzoq muddat teri qichishishi kuzatiladi. Ba’zan esa gemorragik diatez qo‘shilib keladi. Mexanik sariqlik uzoq muddat kuzatilganda terida ksantomalar paydo bo‘ladi. Xolestazni klinik ko'rinishi uni keltirib chiqargan asosiy kasallikning belgilari bilan qo'shilib ketadi. Masalan, jigar ichi xolestazi va sariqlik xolangiolalardagi infeksiyaga bog‘liq yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq bo'lsa bemorlarda qaltirash va ko'p terlash bilan kechuvchi yuqori gektik tipdagi isitmalash kuzatiladi.
Jigar to‘qimasining yaltig‘lanish sindromi - «Jigar to'qimasining yallig'lanishi» tushunchasini «gepatit» tushunchasi bilan chalkashtirmaslik lozim. Chunki, oxirgisida jigar to'qimasini yallig'lanish sindromi bilan birga boshqa qator o'zgarishlar jumladan, giperbilirubinemiya, xolestaz, portal gipertenziya, gepatolienal va gepatorenal jigar yetishmovchiligi sindromlari va boshqalar kiradi. Jigar to'qimasining yallig'lanish sindromi jigaming qator kasalliklarida kuzatiladi va mahalliy hamda umumiy patofiziologik o'zgarishlar bilan namoyon bo'ladi. Uni shartli ravishda aniq klinik-laborator va morfologik ko'rinishga ega bo'lgan va bir-biri bilan o'zaro bog'langan uchta asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
- S yallig'lanish mediatorlari ajralishi (alteratsiya);
- •S ekssudatsiya va uning ta’sirida yuzaga keluvchi tomir reaksiyasi;
- * proliferatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |