BBH tipidagi suv-halqali aylanma vakuum-nasoslar portlash jihatidan xavfli moddalar bilan ishlash uchun tortish tezligi 0,75 dan 50 m3/min gacha qilib ishlab chiqariladi. Bu nasoslar yordamida 5 kPa gacha qoldiq bosimga erishish mumkin. 0,5 kPa qoldiq bosim hosil qilish uchun bir-biriga ketma-ket ulangan vakuum-nasos va ejektordan iborat vakuum qurilmalardan foydalaniladi. Ejektor so‘rish tomonidan vakuum-nasosga ulanadi va siyraklashish 90% ga yetganda ishga tushiriladi. BBH tipidagi nasoslar ularni yasash, yig‘ish, ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish oddiy va qulayligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |