Йилларда франция
Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Download 1.56 Mb.
|
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala
4. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to'g'risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo'jaligida katta bo'lmagan fermer xo'jaliklari asosiy roi o'ynay boshladi. Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko'rildi. Ayni paytda AQSH reparatsiya olishni to'xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik namunalarini ko'rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o'ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o'rtasida yaponlargagina xos bo'lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko'ra, ish beruvchi bilan xodim o'rtasida shartnoma tuzilar edi. Shartnomada korxona xodim to nafaqaga chiqquncha ish bilan ta'minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo'lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hol butun kapital mablag'ning juda katta qismini ishlab chiqarishga yo'naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o'zgalar yutug'ini erinmay o'rganish va ulardan unumli foydalana olishdir. Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta'minladi. Chunonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951—70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o'sishi o'rtacha 14,6 foizni tashkii etdi. 1950-yil yozida AQSHning Koreyadagi urushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko'plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd dollarni tashkii etdi. 1960-yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o'sishi 20 foizni tashkii qildi. Bunday o'sish hech bir mamlakatda bo'lgan emas. «Yapon mo'jizasi» dunyoni loi qoldirdi. Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu mo'jizaning siri quyidagi sabablarga bog'liqdir: 1. Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o'rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda ishlaydi. 2. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o'zida buyurtma ko'paydi. 3. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo'qligi. Chunki AQSH 80% harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda budjetning 1,2 foizini tashkii etdi. 4. Konsernlarning ko'ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo'l keldi. Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, kimyo jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan. 5. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo'mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o'rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi. Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo'lgan atom sanoati, raketasozlik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtiradi va kapital qo'yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi. Yana muhim tomoni ma'lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya, vodoprovod va boshqa infratuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko'plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko'chiriladi. 6. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to'g'risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo'lidan juda keng foydalaniladi. Lekin bu narsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta'sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10 yilda 6 baravardan ko'p mablag' sarflamoqda. 7. Ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo'llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga yo'naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo — qurilish materiallariga va h.k. 8. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilarni ishga layoqatsiz bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta'minlash to'g'risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o'ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan bo'lishi zarur. 9. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim roi o'ynaydi. Yapon iqtisodi jahon bozoriga bog'langan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz ternir rudasi, ya'ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport ko'paydi. 1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFRni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi. 1981-yilda yana bir mo'jiza ro'y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko'rilmagan darajada o'sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o'rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki Tashqi siyosat Kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko'rmoqda. Mamlakatda ternir va ko'mir konlari bo'lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlarni eksport qiladi. Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro'zg'or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig'ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127 min) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi. Yaponiya tashqi siyosatida San-Fransisko shartnomasidan so'ng AQSH asosiy hal qiluvchi rol o'ynadi. 1954-yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o'z dasturining bir punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag'ishladi. Natijada 1956-yil oktabrida ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. Yapon fuqarolari o'z vatanlariga qaytarildi. Tinch okean shimoli-g'arbida baliq ovlash, dengizda halokatga uchraganlarga yordam berish to'g'risida bitimlar tuzildi. 1957-yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga 1960-yil Kisi hukumati AQSH bilan «xavfsizhk shartnomasi» imzoladi va u 1970-yilda uzaytirildi. Unga muvofiq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy obyekti bo'lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSHning Vetnamdagi urushini qo'llab-quvvatladi. Sobiq bosh vazir Tanaka Amerikaning «Lokxid» aviakompaniyasidan katta miqdorda pora olganligi fosh bo'ldi. mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 1974-yil dekabrda Bosh vazirlik lavozimiga kelgan Miki zo'rg'a 2 yil turdi va Fukudaga o'z o'rnini bo'shatib berdi. Uning davrida Yaponiyaning «Umumiy bozor» davlatlari bilan raqobati kuchaydi. 1972-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do'stlik to'g'risida bitim tuzildi. 1990-yillarda Yaponiya o'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Malayziya kabi raqobatchilari kuchayib bormoqda. Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmronlik qilib kelmoqda. Korrupsiya, poraxo'rlik, tovlamachilik tez-tez ko'zga tashlanadi. XXI asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta guruhlandi. 2000-yilda o'tkazilgan saylovlarda Liberal-demokratik partiya rahbari Mori Bosh vazirlik lavozimiga saylandi. Lekin u ham korrupsiya bilan bog`liq janjalga aralashib qoldi va iste'foga chiqdi. Shundan so'ng J. Koidzumi Bosh vazir bo'lib qoldi va u tartibni ancha kuchaytirdi. Hukumatda beqarorlik davom etib, 2006-yil sentabrda Bosh vazirlik lavozimiga Sundzo Abe, 2007-yil sentabrda Ya. Fukudo keldi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling