Йилларда франция
yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi
Download 1.56 Mb.
|
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala
1948 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi.
1947 yilning boshidayoq Germaniyaning taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi ittifoqchilar o‘rtasidagi siyosiy muzokora boshiberk ko‘chaga kirib qolgani yaqqol bo‘lib qolgan edi. TIVKning Moskvadagi 1947 yil mart-aprelida bo‘lib o‘tgan sessiyasida Sovet delegatsiyasi tayyor mahsulotni reparatsiya (tovon) hisobiga undirishni yana talab qila boshladi. Uning raqiblari tovon-undirishni bas qilish va nemislarga iqtisodiy tizimni tiklashga imkon berishni talab qilishdi. bahs-munozara biror aniq natijaga olib kelmadi. Barcha Germaniya yerlari vakillarining tiklash chora-tadbirlarining yagona strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan yig‘ilishini o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar ham zoye ketdi. TIVKning navbatdagi 1947 yil dekabrida Londonda bo‘lib o‘tgan sessiyasi ham mutlaqo natijasi bo‘ldi. Unda hattoki keyingi sessiyani qachon va qayerda o‘tkazish kelishib olinmadi. Germaniya masalasining keskinlashishi SSSRning tovon undirishiga qattiq turib olishidan tashqari AQShning tashqi siyosati o‘zgarishi bilan ham bog‘liq edi. “Trumen doktrinasi”ning qabul qilinishi va ikkala “buyuk davlatlar” o‘rtasida ochiqchasiga qarama-qarshilik boshlanishi eng avvalo yevropa mamlakatlari taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. AQSH Yevropaga harbiy blok strategiyasi nuqtai nazaridan qaray boshladi. Bu yo‘nalishdagi ilk qadam “Yevropaning tiklanishi va rivojlanishi” (Marshall rejasi) dasturining ishlab chiqilishi bo‘ldi. 1947 yilning iyunida qabul qilingan va 1947 yil iyulida Parij konferensiyasida ko‘rilgan bu xujjat 1948 yil aprelda AQShda qonun kuchga kirdi. avvaliga na Germaniya (butunlay), na uning g‘arbiy mintaqalari iqtisodiy yordam dasturi qatnashishchi sifatida qaralmadi. Vaziyat 1948 yilda o‘zgardi. 1948 yil yanvarida Bizoniya vazirlar majlisida bu yerlarda iqtisodiy islohotni tayyorlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Oliy sud va Markaziy Bank tashkil qilindi. Iqtisodiy kengash va direktoratga birlashtirilgan markaziy boshqarmalarning vazifalari kengaytirildi. Fransiya hukumati bilan kelishuvga erishildi. Tovon to‘lovlar evaziga Fransiyaga Saar viloyatining garovga berilishidan so‘ng Fransiya o‘z okkupatsion zonasining AQSH va Angliya okkupatsion zonasiga qo‘shib olinishiga rozi bo‘ldi. 1948 yil fevralida Trizoniya tashkil etildi. Saar viloyati ega 1955 yildagi referendum natijalariga ko‘ra 1957 yilda GFR tarkibiga kiritilishiga qadar Fransiya ixtiyorida qoldi. 1948 yilning fevral-iyun oylarida Germaniya masalasi bo‘yicha London konferensiyasi bo‘lib o‘tdiki, unda ilk bor sovet delegatsiyasi ishtirok etmadi, ammo Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg vakillari qatnashgan edilar. Konferensiya yangi Germaniya davlatining konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun ta’sis yig‘ilishini chaqirishga qaror qildi. O‘sha davrda AQSH ma’muriyati Marshall rejasini Germaniyaning g‘arbiy okkupatsion zonalariga joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu masalaga oid shartnomada ta’kidlanishicha G‘arbiy Germaniya iqtisodiyotining tiklanishi individual erkinlik, erkin idoralar, “sog‘lom iqtisodiy muhit”, mustahkam xorijiy aloqalar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash tamoyillariga asoslangan Yevropa rivojlanish rejasining asosiy qismi edi. Iqtisodiy islohot ustidan AQShning maxsus organlarining nazorat qilishi, nemis bozorida bojxona cheklashlarini bekor qilish, monopoliyaga barham berish siyosatini davom ettirish ta’minlandi. Marshall rejasi amalga oshirila boshlaganining birinchi yilidayoq G‘arbiy Germaniya AQShdan 2,422 mlrd dollar (bu ko‘rsatkich Fransiya va Buyuk Britaniya birgalikda olgan mablag‘iga teng bo‘lib, Italiya olgan mablag‘dan qariyb 3,5 baravar ko‘p) mablag‘ oldi. Ammo Germaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi qarz hisobiga AQShga jo‘natila boshlaganligi sababli, oqibatda Germaniya hisobiga AQSH yordamida eng katta qismi emas balki, 10%i (6,7 mlrd.dollar) to‘g‘ri keldi. Germaniyada iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy muammosi “qattiq valyuta”ni yaratish, giperinflyatsiyaning halokatli oqibatlarini bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy kengashda 1947 yildan beri markazlashgan rejaviy xo‘jalik va monetor siyosat tarafdorlari o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralar davom etmoqda edi. Lyudvig Erxard rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar qadrsizlangan pulning katta hajmidan qutulishga qaratilgan moliyaviy islohot loyihasini tayyorladi. Erxardni o‘zining fikricha bunday islohotni amalga oshirish ishlab chiqarishni faol rag‘batlantirish va iste’molchilarning eng nochor qatlamini himoya qilish, iste’molchi bozorini barqarorlashtirish va iste’molchi va ishlab chiqarishni yo‘naltirishga qaratilgan bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar bilan birga yo‘lga qo‘yilishi kerak edi. Avvaliga AQShning ushbu islohotni barcha 1948 yilga kelib 4 ta okkupatsiya zonalarining hammasida o‘tkazish haqiqatdan uzoq edi va ko‘zda tutilgan ishlar faqat Trizoniya doirasida tayyorlana boshlandi. G‘arbiy zonalarda pul islohoti 1948 yil 20 iyunda boshlandi. Almashishning rasmiy nisbati 10 reyxsmarkaga 1 yangi nemis markasi qilib belgilandi (bundan tashqari har bir fuqaro 1:1 kurs bo‘yicha 40 markani almashtira olishi mumkin edi. Avvaliga almashtirilgan pulning faqatgina 5%ini qo‘lga olish mumkin edi. Daromadlarning qonuniyligi aniqlangach soliq hukumati tomonidan yana 20%, keyinchalik, 10% berilardi. qolgan 65% bekor qilinardi. Almashinuv kursining so‘ngi kvotasiga ko‘ra 6,5, nemis markasiga 100 reyxsmarka to‘g‘ri keldi. Pensiya (nafaqa), oylik maosh, ijtimoiy yordamlar 1:1 nisbatda qayta hisoblandi. Davlatning barcha oldingi qarzlari bekor qilindi. Shunday qilib, katta pul hajmi qisqartirildi. “Ishonchli pullar”ning paydo bo‘lishi “qora bozor”ga barham berdi va barter ayirboshlashlar tizimini izdan chiqardi. Islohot boshlanishidan ikki kun o‘tgach markazlashgan rejalashtirishni bekor qiluvchi va narxlarni erkinlashtiruvchi qonun xujjatlari kuchga kiritildi. Ammo shu bilan bir vaqtda transport va pochta xizmati, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy narxlari ustidan cheklovchi nazorat saqlab qolindi. Haqiqiy ishlab chiqarish IZDERJKAsi va “haqqoniy daromad”ni hisobga oluvchi “maqbul narxlar” ro‘yxatlari muntazam nashr etilardi. Aholini eng zarur mollar bilan arzon narxlarda ta’minlashga qaratilgan maxsus “har bir kishi uchun” dasturi qabul qilingan edi. Erxard monopoliyaning eng ashaddiy shakllariga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini saqlab qolish, “davlat tadbirkorligi” (jamiyat uchun zarur bo‘lgan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishda, transport, energetika, axborot infratuzilmasini rivojlantirishda davlatning bevosita aralashuvi) tizimini rivojlantirishni talab qilishda davom etdi. Bunday iqtisodiy mexanizmni Erxard jamiyat va shaxs manfaatlarini birday qondiruvchi “sotsial bozor xo‘jaligi” deb baholadi. 1948 yildagi muvaffaqiyatli iqtisodiy islohot Germaniyada siyosiy vaziyatning keskinlashuvi bilan birga o‘tdi. G‘arbiy zonalarda pullarni almashtirishga tayyorgarlik ketayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qaramasdan (G‘arb gubernatorlari ko‘zda tutilgan islohot to‘g‘risida sovet tomoniga islohot amalga oshirila boshlashidan ikki kun qolganda xabar berishgandi, ammo operativ ma’lumotlar butun tayyorgarlik jarayonini kuzatishga imkon berardi) GSHM Sharqiy Germaniyada iste’mol bozorini izdan chiqaruvchi katta hajmdagi qiymatini yo‘qotgan eski markalarining paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan hech qanday chora ko‘rmadi. Albatta, 1946 yil 30 iyunda yopilgan zonalararo chegara bunga to‘sqinlik qilishi mumkin edi, ammo to‘rtta sektorga bo‘lingan Berlin bundan mustasno edi. 24 iyunda Sovet qo‘shinlari G‘arbiy Berlinni qurshab olib uni g‘arbiy zonalardan uzib qo‘yishdi. Bu harakat ko‘proq siyosiy xarakterga ega edi. Shunday qilib, G‘arbdan katta pul hajmi oqib kelishi xavfi bartaraf qilindi. G‘arbiy Berlinning muhosara qilinishi esa G‘arb mamlakatlariga tazyiq o‘tkazish vositasi edi. Ammo harakat kutilganidan teskari natijaga olib keldi. G‘arbiy Berlin aholisini qutqarish uchun AQSH havo ko‘prigini barpo etdi. Keyingi 324 kun davomida har bir necha daqiqada transport samolyotlari Tenpelxou aerodromining qo‘nish polosasiga qo‘nib turardi. Har kuni shaharga 13000 tonna oziq-ovqat kelib turardiki, bu oldingi oylardagi mahsulotlarga nisbatan 3 marta ko‘p edi. Javob chorasi sifatida G‘arb tomoni sovet zonasiga mahsulot kiritishga nisbatan embargo joriy qilishdi. Keskin muzokoralardan so‘ng 1948 yil 30 avgustda Berlinda g‘arbiy markani bekor qilish to‘g‘risida ikki tomonlama kelishuvga kelindi. Ammo uni amalga oshirish texnik sabablarga ko‘ra uzoq cho‘zildi va G‘arbiy Germaniya davlatchiligi rasmiylasha borgani sayin amri mahol bo‘lib qoldi. Berlin muammosi eng qizg‘in pallaga kirganda 1948 yil 15-22 iyulda Ryudesxaymda G‘arbiy yerlarning vazir-prezidentlari yig‘ilishi bo‘lib, unda Berlin ober-burgomistri Ernst-Reyter tezda G‘arbiy Germaniya davlati - “yadro”ni tuzib unga G‘arbiy Berlinni qo‘shishga da’vat etdi. Yig‘ilish qatnashchilari 1948 yil 1 sentabrda ta’sis majlisini chaqirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlashdi. Ammo keyinchalik, ayirmachilik to‘g‘risidagi bahs-munozaralardan qutulish uchun “ta’sis majlisi” va “konstitutsiya” atamalari olib tashlandi. Yer landtaglari vakillari tarkibidan parlament kengashi tuzildiki u Germaniya birlashishiga qadar vaqtincha konstitutsiya vazifasini bajaruvchi Asosiy qonunni ishlab chiqish vakolatiga ega bo‘ldi. 1949 yil aprelda Parlament kengashiga uchta hukmron davlat tomonidan ishlab chiqilgan va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiyaning G‘arbiy Germaniya tashqi siyosati, tashqi savdosi va xorijdagi mablag‘lari ustidan nazorat qilishini va ularning konstitutsiyaviy nazoratini mustahkamlovchi “Okkupatsion statut” topshirildi. 1949 yil 8 mayda parlament kengashi 12 mayda harbiy gubernatorlar tomonidan ma’qullangan (tasodifan o‘sha kunda Berlin “muhosarasi” va g‘arbiy “kontrmuhosara”ni to‘xtatish to‘g‘risidagi ittifoqchilar shartnomasi kuchga kirgandi) Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonunini va bu kun GFR tashkil etilgan kun bo‘ldi. 20 iyunda Germaniyada harbiy gubernatorlar institutining Bosh komissarlar institutiga aylantirilishi g‘arbiy Germaniyani cheklangan suverenitet bilan ta’minladi. Bir vaqtda Sharqiy Germaniya davlatchiligi ham shakllana bordi. 1947 yildayoq sovet zonasida Nemis Xalq Kongressi (NXK) faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. Uning 1947 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasi davomida yagona Germaniya uchun keng ommaviy harakatni shakllantirish masalasi qo‘yilgan edi. 1948 yildagi ikkinchi NXK barcha nemis yerlarida Germaniyaning yagonaligi to‘g‘risidagi referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Ammo bir vaqtda Nemis Xalq Kengashi ham tashkil qilindiki u sharqiy Germaniya davlati konstitutsiyasi loyihasini tuzish vakolatiga ega bo‘ldi. Bu loyiha GYASP vakillari tomonidan ishlab chiqildi va 1949 yil 19 martdagi NXK yig‘ilishida qabul qilindi. 1949 yilning 29-30 mayida bo‘lib o‘tgan uchinchi NXK Germaniya Demokratik Respublikasi konstitutsiyasini tasdiqladi va demokratik Germaniya partiyalararo milliy frontini yetakchi siyosiy kuch deb e’lon qildi. 1949 yil 7 oktabrida muvaqqat xalq palatasi tashkil qilindi va bu kun GDR tashkil etilgan kun bo‘ldi. Germaniyaning parchalanishi yakunlandi. 1949 yil may-iyunida Parijda bo‘lib o‘tgan TIVK bu jarayonga to‘sqinlik qilmadi. Germaniya muammosi urushdan keyingi davr tarixidagi eng murakkab masalalardan biriga aylandi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling