Йилларда франция
Yaponiya — O'zbekiston Munosabatlari
Download 1.56 Mb.
|
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala
5. Yaponiya — O'zbekiston Munosabatlari
Yaponiya dunyo davlatlari ichida birinchilardan bo'lib O'zbekiston mustaqilligini tan olgan davlatlardan biri. 1992-yilning 28-avgustida Yaponiyaning O'zbekistonda faoliyat boshlagan birinchi elchisi Sulilo Edammura O'zbekiston Prezidenti I. Karimovga ishonch yorlig'ini topshirdi. Har ikki davlat o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik yildan-yilga kengayib bordi. 1994-yilning 16—19-may kunlari O'zbekiston rahbarining Yaponiyaga rasmiy tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim rol o'ynadi. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari rivojining XXI asr boshlarida yangi bosqichga ko'tarilishida I. Karimovning 2002-yilning 28—31-iyul kunlarida rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Bu tashrif davomida I. Karimov va Yaponiya Bosh vaziri J. Koidzumi muhim siyosiy hujjatni — «Do'stlik, strategik sheriklik va xalqaro hamkorlik to'g'risida»gi bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari «O'zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida», «O'zbekistondagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida» va yana boshqa qator hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar Yaponiya — O'zbekiston aloqalarini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi. Yaponiya O'zbekiston bilan har tomonlama yaqin hamkorlik qilib kelayotgan davlatlardan biri. Shu vaqtgacha Yaponiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd AQSH dollaridan oshganligi buning yorqin dalilidir. Ayni paytda O'zbekistonda 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Bundan tashqari Yaponiyaning «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasidagi 100 min dollardan ziyod mablag'i O'zbekistonga ajratilgan. Shuningdek, Yaponiyaning turli oliy o'quv yurtlarida 70 ga yaqin o'zbekistonlik talaba ta'lim olmoqda. Rasmiy tashrif chog'ida Yaponiyaning yana 348 min iyen miqdorida grant ajratishi haqida bitim imzolandi. Siyosiy sohada tomonlarning fikrlari bir-biriga yaqin va xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida o'zaro kelishib olindi. Ayni paytda O'zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo'lishini yoqlab kelmoqda. Shunday qilib, Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida vayronalikdan chiqib, qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Bunga amerika omilining ta'siri, harbiy xarajatlarning kamligi, eng muhimi, yapon millatining ma'naviy yuksakligi sabab bo'ldi. Xalqning yagona musht bo'lib birlashuvi, o'z manfaatlarini xalq, yurt manfaatlari bilan muvofiqlashtirgan holda suiste'mol qilmay olib borishi g'alabaning asosiy tayanchi bo'ldi. Yapon millati o'zining buyuk millat ekanligini dunyoga ko'rsatdi. Dunyo bugun «yapon mo'jizasi»dan hayratlanmoqda va tajriba sifatida foydalanmoqda. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling