Suverenitet
Download 22.08 Kb.
|
FJ7
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”
1. Suverenitet (frans. souverainete — oliy hokimiyat)— hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. S.ni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab koʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat Si, millat Si, xalq Si tushunchalari ishlatiladi. Davlat Si — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat Si haqidagi goya Jan Boden (16-asr, Fransiya)ga tegishlidir. Uning fikricha, S. davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat Si tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitiddi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat Si alohida bobda oʻz ifodasini topgan, Konstitutsiyaning 1moddasida "Oʻzbekiston suveren demokratik respublika" ekanligi qayd qilingan. Millat Si — millatning toʻla hokimiyatini, uning toʻla siyosiy erkinligini, oʻz milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha boʻlgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq Si — xalqning toʻla hokimiyatini anglatadi, yaʼni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy vositalarga ega boʻladi. Xalq Si. — barcha demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kursatilishicha, "Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi" (7modda). 2. O ‘zbekiston Respublikasining am aldagi Konstitutsiyasi birinchi bo'limi “Asosiy prinsiplar” deb atalib, unda davlatning asoslari va konstitutsiyaviy tu z u m n in g prinsiplari m ustakam langan. Mazkur bo‘lim 4 ta bobining har biri alohida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, ularning prinsiplarini m ustahkam lagan. Shuning uchun “Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” va “Tashqi siyosat” konstitutsiyaning prinsiplari em as, konstitsiyaviy prinsiplar yoki boshqacha aytganda, deviating asoslari hisobalanib, ularning har biri m a’lum prinpsiplar asosida tashkil qilinadi. Bu prinsiplar esa, shu boblarning tegishli moddalarida m ustahkam langan. Konstitutsiyaning birinchi bo'limi 1-bobi “Davlat suvereniteti” deb atalgan. Davlat suvereniteti, ayrim mualliflar qayd qilganidek, prinsip emas, davlatning asosi (tayanchi) hisoblanuvchi davlathuquqiy institutdir. Ya’ni, u prinsipdan keng, boshqacha qilib aytganda o‘zining prinsiplariga ega. Prinsipni konstitutsiyaning birgina moddasida mustahkam lab qo'yish mum kin bo‘lsa, masalan, davlat hokimiyati tizim ining bo'linishi prinsipi (11-modda), davlat huquqiy institutlari bir nechta moddalarda mustahkamlanadi. “Davlat suvereniteti”ga taalluqli konstitutsiyaning 6 ta moddasi mavjud. Shunday qilib, suverenitet institut bo‘lib, suverenitetni hurm at qilish esa, prinsip hisoblanadi.. 3. 2017-yil 25-may kuni Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini o‘rganish va tushuntirish, farmon ijrosini ta’minlashda O‘zLiDePning o‘rni va rolini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Davra suhbatida O‘zLiDeP faollari, turli milliy madaniy markazlar vakillari, tadbirkorlar va OAV xodimlari ishtirok etdi. - Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilorom Fayziyeva. - Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 4. O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan YEXHTning kamsonli millatlar bo‘yicha Oliy komissari (KMOK) Lamberto Zaner boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Mazkur tashrif YEXHT bilan 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va KMOK o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, yurtimizda millatlararo masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan Davlat dasturi haqida ma’lumot olish, Markaziy Osiyo hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida millat va elatlararo munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqish, fikr almashishga qaratilgandir. Delegatsiya dastavval Farg‘ona va Namangan viloyatlarida turli millat vakillari yashaydigan hududlarda bo‘ldi, mahalliy hokimiyat vakillari, qirg‘iz, rus, tojik va tatar madaniyat markazlari faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bundan tashqari, YEXHT vakillari hukumat, parlament, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida muloqotlar qildi. Shuningdek, YEXHTning Oliy komissari boshchiligidagi guruh milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan birgalikda millatlararo totuvlik va jamiyatda tenglikni ta’minlashdagi eng dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi. 6. inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi. 7. Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. 8. Avvalo, mana shu hashamatli va betakror binoda siz, azizlarim bilan ko‘rishganimdan xursand bo‘lganimni, o‘zimning chuqur hurmatim va mehrimni bildirish – men uchun katta baxt, desam, qalbimda, yuragimda bo‘lgan gapni aytgan bo‘laman. Bugungi tantanali majlisimizning maqsad-muddaosi – hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 21-yilligini nishonlash, Asosiy qonunimiz belgilab bergan yuksak maqsadlarni amalga oshirishda, yurtimizda yangi jamiyat, yangi hayot qurishda erishgan yutuqlarimiz va oldimizda turgan vazifalarni aniqlab olishdan iboratdir. Haqiqatan ham, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz O‘zbekiston tarixida, uzoq, davomli maqsad va vazifalarimizni aniq belgilab berishda o‘zining puxta o‘ylangan tamoyil va qoidalari bilan ishonchli va hal qiluvchi omil bo‘ldi, deb ta’kidlashga barcha-barcha asoslarimiz bor. 9. Bugungi kunda Konstitutsiyamiz muhrlab qo‘ygan tamoyillarni amalga oshirish yo‘lidan dadil qadamlar qo‘yib borayotganimiz, davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda biz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar va demokratik yangilanishlar, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o‘sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni butunlay o‘zgarib borayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. O‘tgan 22-yillik mustaqil taraqqiyotimiz davomida mamlakatimiz erishayotgan natija va marralar haqidagi ko‘rsatkichlar yurtimizda bo‘layotgan mislsiz o‘zgarishlar to‘g‘risida aniq tasavvur beradi. Ana shu davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,1 barobar o‘sdi. Agarki mamlakatimiz aholisi ayni shu davrda qariyb 9,7 millionga ko‘payib, bugungi kunda 30 million 500 mingga yaqin kishini tashkil etayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi jon boshiga nisbatan o‘sish 3 barobardan ziyodni tashkil etishi bizning naqadar ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganimizdan dalolat beradi. Jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning jiddiy ta’siriga qaramasdan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sishi 2008-2013-yillarda 8 foizdan oshdi, 2014-yilda esa bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etadi. Bunday o‘sish sur’atlarini kamdan-kam davlatlarda kuzatish mumkin. 10. Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir-biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi. Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo’q edi. C C D C A C B A A A Download 22.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling