Йилларда франция
Download 1.56 Mb.
|
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala
2. Eron nefti uchun kurash
Ingliz — eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo'r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo'shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daromadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko'zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. Eron nefti uchun kurash Buyuk Britaniya shu yoi bilan IENKda o'z xo'jayinligini saqlab qolmoqchi bo'ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15- martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eronning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi. Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo'llar bilan bunga to'sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida liai etmoqchi bo'ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kompaniya ixtiyoriga berish to'g'risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni milliylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta'kidladi. Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g'arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo'llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Unga gкnerai Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo'llab-quwatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o'z mavqeyini mustahkamlab oldi. Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko'ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o'sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 ming tonnani tashkil etgan boisa, 1961 -yilga kelganda bu ko'rsatkich 57 ming tonnani tashkil etdi. Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o'rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag'dod paktiga (1959-yildan SENTO) a'zo boidi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo`llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram boiib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi. 1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko'rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko'plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g'alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur'atlarda tezlatishga, og'ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g'arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to'xtovsiz davom etayotgan norozilik toiqinlarini bostirishga harakat qildi. Shu maqsadda, 1963-yilning 23- yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o'tkazildi: 1. Yer islohoti. 2. O'rmonlarni milliylashtirish. 3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ishchilarning korxona foydasidan ulush olishi. 5. Parlamentga saylov to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritish. 6. Savodsizlikka qarshi kurashish uchun «maorif korpusi» tuzish. Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqilobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o'rtacha o'sish sur'ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G'arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur'atlar bilan o'tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o'ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma'lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O'n millionlab odamlar esa tobora kambag'allashdi. Jamiyatdagi bu o'zgarishlar aholi ko'z o'ngida islom an'analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy politsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto'lalarida 380 mingdan ortiq eronliklar yo'q qilindi. Bu hodisa G'arbcha tamoyillar asosida o'tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo'lgan ruhoniylarga qoi keldi. Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg'ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug'dirar edi. Shoh hukumati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ularning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898—1989). U ham shoh repressiyasiga duchor etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi. Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo'shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo'llab-quwatlamay qo'ydi. Natijada 1979-yilning 16-yanvarida shoh mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. 11-fevral kuni esa umumiy qurolli Eron inqilobi qo'zg'olon boshlandi, armiya ham qo'zg'olonchilar tomoniga o'tdi. Shu tariqa Eronda inqilob g'alaba qildi. Bu inqilob Islom inqilobi edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Tehronga qaytib keldi. U «Islom inqilobining rahnamosi» deb e'ion qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar. 1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi o'zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo'ldi. Ayni paytda yangi konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e'lon qildi. Hatto mamlakat prezidenti ham unga bo'ysunar edi. 1979-yilda Tehronda AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yil yanvarida Eron — AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (majlis) saylandi. Diniy bo'lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Garchand Eron ham ko'p millatli davlat bo'lsa-da, Oliy rahbariyat barcha musulmonlarning tengligini ro'kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta'kidladi. Shu tariqa yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini to'la islomlashtirish siyosatini yurita boshladi. Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Xumayniy «Islom madaniy inqilobi»ni e'ion qildi. Bu hol hukmron doiralar o'rtasida ham kelishmovchilik keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi Prezidenti Banisadr Xumayniy atrofidagilarning ekstremistik harakatlariga qarshi chiqdi. Oxir oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling