Йилларда франция


Hindiston — O'zbekiston munosabatiari


Download 1.56 Mb.
bet58/72
Sana09.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#258749
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala

5. Hindiston — O'zbekiston munosabatiari

O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O'zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo'lib kirishdi.

Natijada Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar tuzildi.

Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamonaviy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 ming dollar mablag' ajratdi.

1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yoilarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug'ullanuvchi hind — o'zbek qo'shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 min dollarlik mahsulot yetkazib berish bo'yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.

O'zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko'rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo'shma korxona tashkil etildi. O'zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.

«O'zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O'zbekistonda katta obro' qozondi.

2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo'ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida tovar ayirboshlash 150 min dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o'zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo'nalishlari bo'yicha Hindistonda ta'lim olishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.

Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to'qimachilik, mashinasozlik, tog'-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.

Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Hindiston g'alla bilan o'zini o'zi to'la ta'minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o'sishidir.




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling