Йилларда франция


Download 1.56 Mb.
bet66/72
Sana09.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#258749
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala

Tashqi siyosat. Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, hamkori AQSHdir Ayni paytda arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili budjetning 10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko'rsatmoqda. Arab davlatlarining AQSH taklifi asosida Isroil bilan munosabatlarini qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta roi o'ynadi. Xususan, 1979-yilda

Misr — Isroil o'rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita Saudiya podsholigining Misrga ko'rsatgan ta'siri oqibati bo'ldi, deyish mumkin. Iroqni Quvaytdan quvib chiqarish bilan bog'liq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi o'ziga xos roi o'ynadi.

Saudiya — O'zbekiston munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Har yili O'zbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safariga borib kelmoqda.

Suriya Suriya 1941-yilning 27-sentabrida mustaqil davlat deb e`lon qilingan bo'lsa-da, ingliz - fransuz armiyasi mamlakat hududida qola bergan edi. 1946-yil Suriya Buyuk Britaniya va Fransiyaning o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat etdi.

Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldilar. Shu tariqa Suriya suvereniteti to'la tiklandi va 17-aprel Milliy bayram kuni bo'lib qoldi.

Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlay olmadi. Bu esa 1949-yilda ketma-ket 3 marta davlat to'ntarishi ro'y berishiga olib keldi. 1951-yil noyabrida esa polkovnik Shishaklining harbiy diktaturasi o'rnatildi. Biroq bu diktatura uzoq yashamadi. 1954-yilda u ag'darildi.

1956-yilda Shukri Quatli prezident etib saylandi. U Misr va Saudiya davlatlari bilan yaxshi munosabat o'rnatdi. 1956-yilda Misrga qarshi uchlar agressiyasi davrida Misrga yordam ko'rsatdi. Ayni paytda SSSR bilan ham munosabatlari mustahkamlanib bordi. Murakkab xalqaro sharoit, harbiy agressiya xavfi Suriyani Misr bilan birlashishga majbur etdi. 1956-yilning fevral oyida Suriya va Misr yagona davlatga birlashdilar. Bu davlat Birlashgan Arab Respublikasi deb ataldi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir BAR prezidenti etib saylandi. Biroq bu birlik uzoq davom etmadi. Suriyada hamma tabaqalar ham, jumladan, harbiylarning aksariyat qismi birlashuvdan birday manfaatdor emas edi.

1961-yilning 8-martida Bass (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) a'zosi bo'lgan zobitlar guruhi davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. 1966-yil 23-fevralda hokirniyatni general Hafiz Asad egalladi. U hayotining deyarli oxirigacha prezidentlik lavozimini egallab keldi (2000-yil).

Uning vafotidan keyin o'g'li Bashar al-Asad prezidentlik lavozimiga keldi. 1967-yilda arab-isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush harakatlari boshlanib ketdi. Bu urushda Suriya o'z hududining bir qismini yo'qotdi. 1973-yilgi arab - isroil urushida ham bu hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo'linmadi. Suriya Isroil bilan sйparвt shartnoma tuzishga uzoq yillar qarshi bo'lib keldi.

Bu qoida hamon davom etmoqda. «Tinchlik evaziga bosib olingan yerlarni qaytarib olish» tamoyili ostida o'tkazilgan Suriya-Isroil muzokaralari natijasiz tugadi. Suriya - Isroil munosabatlarida urush holatining davom etishi Suriyani mudofaaga katta mablag' sarflashga majbur etmoqda.

Suriya o'z qo'shnisi Livanga ham harbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Misr 1922-yildan boshlab mustaqil hisoblansa-da, amalda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. Vatanparvar kuchlar bu holatga chek qo'yish uchun kurashga birlashdilar. Ular ichida «Ozod zobitlar» yashirin tashkiloti alohida roi o'ynadi. 1952- yilning 23-iyulida J. A. Nosir boshchiligida Qohira garnizoni qo'zg'olon ko'tardi. Podsho Farrux taxtdan ag'darildi. Hokimiyat Inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi.

1953-yilning iyun oyida Misr Respublikasi e'lon qilindi. 1956-yilda davlatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. J. A. Nosir mamlakat prezidenti etib saylandi va 1970-yilgacha mamlakatni idora qildi. Dastlabki yilning iyun oyidayoq Suvaysh kanali milliylashtirildi. Mamlakatda agrar islohot o'tkazildi. Bunga chiday olmagan G'arb davlatlari Misrga qarshi uchlar agressiyasini uyushtirdilar (Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil). Bu haqda oldingi mavzuda ma'lumot berilgan.

Misr tashqi siyosatda qo'shilmaslik harakatida faol qatnashdi. Shuning bilan bir qatorda SSSR bilan munosabatlarini har tomonlama mustahkamladi.

Yaqin Sharq muammosi tufayli Misr 4 marta arab — isroil urushiga tortildi. Va, nihoyat, 1979-yilda imzolangan Kemp-Devid shartnomasi tufayli Isroil bilan tinchlikka erishdi. Isroil bosib olgan hududlarni qaytarib oldi. 1981 –yilda ekstremistlar tomonidan otib o'idirilgan A. Sadat o'rniga kelgan Misr Prezidenti H. Muborak (1928-yilda tug'ilgan) Falastin arab xalqining mustaqil davlatga ega bo'lish yo'lidagi kurashini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Arab davlatlari birligini mustahkamlashga intilmoqda. 2005-yil sentabridagi birinchi umumxalq saylovida H. Muborak g'olib chiqdi. Ayni paytda Misr Afrika qit'asining, arab dunyosining eng rivojlangan, qudratli davlatlaridan biri. O'zbekiston bilan yaxshi munosabatlar o'rnatgan.

Jazoir Jazoir Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya mustamlakasi bo'lib qola berdi. Inqilobiy vatanparvar kuchlar 1954-yilda «birlik va harakat qo'mitasi» tuzdilar. Keyinchalik u «Milliy ozodlik fronti» (MOF) deb ataldi. Uning rahbarligida 1-noyabrda qurolli qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon umummilliy inqilobga aylanib ketdi.

1958-yilning 19-sentabrida Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumati tuzildi. Fransiya mustamlakachi ma'muriyati ozodlik kurashini qonga botirishga harakat qildi. Biroq jahon hamjamiyati Jazoir xalqining ozodlik kurashini qo'llab-quwatladi. Mustaqillik uchun kurashda Jazoir xalqi juda katta qurbonlar berdi. Ozodlik kurashi davomida 1 min dan ortiq jazoirlik halok bo'ldi. 2 min kishi turli konslagerlarga tashlandi. Va, nihoyat, 1962-yilning 1-iyulida Jazoir mustaqil Xalq Demokratik Respublikasi deb e'ion qilindi. Ozodlik kurashining arbobi, MOF rahbari Ahmad Ben Bella yangi hukumatni boshqardi. Mustaqil taraqqiyot yo`li oson kechmadi. Xususan, 1965-yilda MOF rahbariyati tarkibida bo'linish yuz berdi. Mamlakat Prezidenti Ahmad Ben Bella taraqqiyotning libiral yo'li tarafdori edi. Mamlakatda qattiqqo'llik bilan siyosat yuritish tarafdorlari mudofaa vaziri X. Bumeden (1925—1978) atrofida birlashdilar.

Ular 1965-yilning 19-iyunida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Butun hokimiyatX. Bumeden qo'lida to'plandi. 1978-yildaX. Bumeden vafot etgach, Sh. Benjadid Prezident lavozimini egalladi. MOF hukmronligi yillarida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o'zgarishlar ro'y bermadi. Buning sababi o'z vaqtida zarur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning o'tkazilmaganligi edi.

Bu holat MOF obro'sini tushirib yubordi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish talabi mamlakatda diniy harakatlar mavqeyini mustahkamladi. 1989-yilda MOF hokimiyatga bo'lgan monopol huquqidan voz kechishga majbur bo'ldi. Muxolifat partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. 1989-yilda tuzilgan «Milliy qutqarish islom fronti» (MQIF) ning obro'si kundan-kunga o'sib bordi. Shu yiliyoq bu diniy partiya mahalliy saylovlarda g'olib chiqdi.

1991-yilning noyabr oyida o'tkazilgan umumiy parlament saylovida ham bu partiya MOFni mag'lubiyatga uchratdi. Biroq armiya oliy qo'mondonligi saylov natijalarini tan olmadi. Sh. Benjadid iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga 1991-yil noyabrda M. Budiar o'tirdi. 1992-yil 2-iyunida armiya davlat to'ntarishi o'tkazdi, M. Budiar o'idirildi. Ali Karini hokimiyatni egalladi. MQIF faoliyati taqiqlandi. Diniy ekstremistlar terrorni avj oldirdilar. Buning oqibatida 100 mingdan ortiq fuqaro halok bo'ldi. Jazoirda hamon siyosiy barqarorlik ta'minlangani yo'q. Abdulaziz Buteflika mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling