Йилларда франция


Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari


Download 1.56 Mb.
bet65/72
Sana09.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#258749
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala

2. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari

Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil — arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. AQSH o'z maqsadiga erishdi ham.

1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida sйparвt Kemp- Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab ekstremistlari Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va

1981-yilning 6-oktabrida uni o'idirishga muvaffaq bo'ldilar. 1980—1990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masalasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va Kemp-Devid bitimi Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo'lini inkor etdilar.

1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o'tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qoltnoqda.

2005-yilda Yo. Arafat vafot etgach, uning o'rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G'azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko'chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar esa bayram qildi.



Iroq Iroqda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham amalda Buyuk Britaniya nazorati davom etdi. 1948- yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma bu holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga ko'ra, urush xavfi paydo bo'lgan chog'da Buyuk Britaniya Iroqni ishg'ol etish huquqini oldi.

Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bag'dod pakti nomi bilan ataldi.

Qirol hokimiyatining amalda G'arb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yilda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida harbiy to'ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o'idirildi. Iroq Respublika deb e'lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bag'dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi. Sentabr oyida agrar islohot to'g'risida qonun qabul qilindi..

Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o'rnatishga intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag'on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga nisbatan hududiy da'vo bilan chiqdi. Bu hol uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi.

Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to'ntarish o'tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o'idirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) va Abd as- Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi. Arafa prezident deb e'ion qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta'minlay olmadi.

Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to'ntarishi o'tkazdi va butun hokimiyatni o'z qo'liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy harakatlarni to'xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag'on kuchaytirildi.

Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normallashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko'paytirilganligi bo'ldi.

1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi. Bu hol armiyadagi turli xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi» nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi.

Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo'lini tutdi. Radikal agrar islohot o'tkazishni, kurd muammosini tinch yo'l bilan hal etishni e'ion qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kompaniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.

1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi.

Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratishida muhim roi o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tutdi.

Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi. 1979-yil oxirida hokimiyatni gкnerai S. Husayn egalladi. U mamlakatda diktatura o'rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.

Iroqning qudrati qo'shni davlatlarni tashvishga solib qo'ydi. Chunki avantyurist S. Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi, 1980-yilda u Eronga hududiy da'vo bilan chiqdi. Bu hol Iroq — Eron urushini keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki tomon minglab qurbon berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko'rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi. Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi.

1990-yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo'l urdi. U Quvaytni bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq rahbariyatidan qo'shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Ammo bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga olib keldi.

1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat) Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi.

Ammo S. Husayn Iroqdagi o'z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlab bordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi.

Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko'rildi. Unga ko'ra, Iroq neftini sotish minimum darajada cheklab qo'yildi. Xalqning ahvoli og'irlashdi.

AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko'magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o'z qo'shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo'ldi. Iroqda vaziyat keskin bo'lib, kelgindilarga qarshilik ko'rsatish to'xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda. 2006-yil noyabrda S. Husayn o'limga hukm qilindi. Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast siyosat yuritmoqda.

1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon оbn Saud qo`shini deyarli butun Arabistonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podsholigi tuzilganligini e'lon qildi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.

Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida joylashgan. Saudiya Arabistoni mutlaq monarxiya davlatidir. Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935- yildan boshlab AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug'ullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish bo'yicha arab – amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta ishlash boshlandi.

1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o'tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda, zamonaviy iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab - amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko'chirildi. 1973-yilda Arab — amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya to'la Saudiya mulki bo'lib qoldi. 286 Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turarjoylar qurildi. Yuqori ish haqi to'lanishi kafolatlandi.

Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug'ilganda davlat uning xarajatini o'z bo'yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o'rta ta'lim amalga oshirildi. O'g'il o'quvehi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya to'lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982- yilda taxtga o'tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd dollarlik neft sotilgan bo'lsa, mamlakatga 30 mlrd dollarlik xalq iste'mol tovarlari olib kelindi.

Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini o'zlashtirishga qodir emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli roi o'ynashini ta'minlab kelmoqda. 2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin Abdulaziz as Saud egalladi.




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling