Jinoyat obyekti – jinoyat sodir etishda jinoiy tajovuz qaratilgan hamda
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat. Demak, bundan
ko‘rinadiki, mazkur vaziyatda jinoyatning obyekti – mulk huquqi. Vertikalligiga ko‘ra
jinoyat obyekti turdosh obyekt, ya’ni Jinoyat kodeksining Maxsus qismida
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga o‘zgalar mulkini talon-
taroj qilish kabi jinoyatlarni oladi. Gorizantalligiga ko‘ra esa asosiy obyekt, ya’ni
bunda A. Sabirov va I. Obidovaning jinoyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri XATB “Davr
bank”dan kreditga nisbatan mulk huquqiga qaratilgan. Har qanday jinoyat
tarkibining zaruriy elementi bo‘lgan jinoyat obyektidan farqli ravishda jinoyat
predmeti fakultativ belgi hisoblanadi. Mazkur kazusda jinoyat predmeti – XATB
“Davr bank”ning Mirzo Ulug‘bek tuman filialidan 2019-yilning mart oyida
200.000.000 so‘m va oktyabr oyida 1.000.000.000 so‘m miqdorida kredit
mablag‘lari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |