Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish
Download 95.85 Kb.
|
Namuna BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
- Yettinchidan
Beshinchidan, ko’plab mamlakatlar tajribasida q’ollanilgan yuqori miqdordagi ish haqi to’lash. Ammo bu mamlakat iqtisodiyoti nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilanadi. Biz birdaniga mansabdor shaxslarning ish haqini oshira olmasligimiz mumkin. Ammo mansabdor shaxslarning hukumatga o’z mablag’lari va mol-mulki to’g’risida hisob berish tizimini joriy qilish mumkin. Bu ham ko’plab mamlakatlar tajribasida qo’llanilgan. Agar mansabdor shaxs mablag’larini qonuniy ishlab topganini isbotlab bera olmasa u korrupsiyada ayblangan va butun mol –mulki musodara qilingan. Shuningdek, pora olish bilan ayblangan shaxsga jazo beribgina qolmasdan uning qolgan mol-mulkini ham musodara qilish hisobiga davlatga o’tkazish ham samarali usul hisoblanadi.
Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’kidlashi natijasi o’laroq korrupsiya jinoyatlarini oldini olish bo’yicha davlat xizmatchilarining doimiy va muntazam o’qitish va bilimini baholab borish tizimini yo’lga qo’yish ilgari surilmoqda. Ushbu usul ham ko’plab xorijiy mamlakatlar tajribasida qo’llanilgan va o’zining samarasini bergan.Mamlakatmizda bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun fuqarolarni ham jalb qilish maqsadida ularni ham korrupsion holatlar haqida xabar berganliklari uchun rag’batlantirib borish tizimi joriy yil boshidan boshlab yo’lga qo’yildi. Xorijiy tajribani o’rgangan holda, shuni ta’kidlab o’tishimiz mumkinki, fuqarolar mavjud korrupsion holatlar haqida xabar berishlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mobil dasturi ishga tushirilishi lozim. Buning joriy etilishi, xabar bergan shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar yashirin qoldirilishi va korrupsiya jinoyatlarini aniqlash tezroq amalga oshirilishiga imkon beradi. Yettinchidan, pullik xizmat ko’rsatish tizimini yaratish. Ta’lim tizimida yaratilgan superkontrakt kabi fuqarolarga xizmat ko’rsatishning bazi tarmoqlarida muayyan haq evaziga xizmat ko’rsatish tizimini yaratish ham pulni aynan bir korrupsioner shaxsning emas, balki davlat hisobiga tushishiga olib keladi. Mamlakatimizda so’ngi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” Qonunning qabul qilinishi va bevosita ushbu qonunni ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashil etilishi ham bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashning yangi bosqichi boshlanganligini ko’rsatadi. Korrupsiyaga qarshi kurash eng avvalo tarbiya va ta’limdan boshlanadi. Shuning uchun ham, yengish qiyin bo’lgan bu kurashda shaxsni ma’naviyatini, vatanparvarlik hisini oshirishga, uning ta’limini to’g’ri yo’lga qo’yishga, korrupsiya qonunda ham, shariatda ham qattiq qoralanishiga, birovning hisobidan boylik orttirmaslikga va muntazam o’qitib kelishga e’tibor qaratish lozim. Mayda va yirik korrupsiyalarga qarshi kurashda, qonunlarga bo’ysungan holda, faqatgina mayda korrupsionerlarni qo’lga tushiribgina qolmasdan, katta korrupsionerlarni ham aniqlab jazo berishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Chunki, mayda korrupsiya bir shaxsga yoki muayyan hududga tasir qiladi, yirik korrupsiyalar butun boshli davlatga va umumiy fuqarolarga o’zining salbiy va jirkanch ta’sirini o’tkazadi. Download 95.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling