Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi vazifalari nimalardan iborat?


Download 30.49 Kb.
bet1/5
Sana05.11.2023
Hajmi30.49 Kb.
#1749171
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar


Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar

1.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi vazifalari nimalardan iborat?
Asos: JK 2-modda
Nazariy javob:
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga uchta vazifani qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash.

  1. Muhofaza qilish - shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish;

  2. Jinoyatlarning oldini olish - ya’ni alohida me’yor sifatida huquqiy xulq-atvorni belgilovchi huquqiy ong darajasini shakllantirish orqali ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etilmasligini ta’minlash JKning muhim vazifasidir. Jinoyatlarning oldini olish umumiy va maxsus prevensiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Umumiy prevensiya – umuman aholi tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish, bu esa, u yoki bu xatti-harakatning sodir etilishiga huquqiy taqiqni belgilash bilan ham, jinoyat sodir etgan shaxslarni jazolash bilan ham ta’minlanadi. Maxsus prevensiya – jinoiy javobgarlikka tortilgan muayyan shaxs tomonidan kelajakda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish;

  3. Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash - Kodeksda alohida vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, u huquqiy javobgarlikning eng og‘ir turi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida u yoki bu faoliyatni amalga oshirishda huquqiy mexanizmlarga rioya etishni nazarda tutadi. Aholining huquqiy ongi, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish tarbiyaning mohiyatini tashkil etadi.


2.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining insonparvarlik prinsipi mazmun-mohiyatini ochib bering.
Asos: JK 7-modda
Nazariy javob:
JKning 7-moddasi – insonparvarlik prinsipi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi mustahkamlangan Konstitutsiyaning 13-moddasi mazmunini aks ettiradi. Ayni paytda ushbu modda konstitutsiyaviy normaning Jinoyat kodeksidagi takrori hisoblanmaydi, balki jinoyat-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
Jinoyat kodeksida mazkur prinsipning mohiyati muayyan shaxslarga nisbatan (jinoyat sodir etgan) jazo tayinlash yoki boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda namoyon bo‘lib, kodeksning ushbu qoidasi boshqa qoidalar kabi real, ijtimoiy hayotda asoslangan va amaliy ijrosi mavjud bo‘lishi kerak. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash instituti ushbu tavsifga mos keladi. Jinoyat huquqidagi insonparvarlik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxs bilan munosabatga kirishilganda o‘z mohiyatini namoyon etishi jahon amaliyotida tan olingan.

Download 30.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling