Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.2 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)
Odillik prinsipi
Odillik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida belgilangan bo‘lib, ikki asosiy norma (qoida)dan iborat: Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Odillik prinsipi ikki jihatga ega: jinoyat qonunining odilligi; jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoning odilona bo‘lishi. Jinoyat qonunining odilona bo‘lishi uchun unda belgilangan qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat uchun belgilangan jazo amaldagi ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Jinoyat qonuni bunday talab-larga javob bermasa, u jamiyat huquqiy ongiga ta’sir qila olmaydi, jamiyat manfaatlarini himoya qila olmaydi va amalda o‘z kuchini yo‘qotadi. Jinoyat qonunining odilona deb hisoblanishi uchun: ijtimoiy asoslangan bo‘lishi, ya’ni o‘zining muhofaza qilish va oldini olish vazifalarini bajaradigan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, boshqa shaxslarning yangi jinoyat sodir etishinihg oldini olish kabi jazo maqsadlariga erishadigan bo‘lishi kerak; kriminologik asoslangan bo‘lishi, ya’ni jinoyatchilik darajasi, dinamikasi, tuzilishi va prognozidan kelib chiqib, jinoyatchilikni kamaytirish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘lishi kerak; jinoyat-huquqiy bo‘shliqni o‘z vaqtida to‘ldirish, ya’ni haqiqa-tan ham ijtimoiy xavfli hisoblangan qilmishlarni o‘z vaqtida jinoyat deb topishi kerak20. Jazoning odilligi prinsipi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi: Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi (jinoyat natijasida yetkazilgan zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy tajovo‘z obyekti); Aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi; Jinoyat sodir etish holatlari, ya’ni jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar; Aybning darajasi (shakli – qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) muvofiq bo‘lishi kerak. Odillik prinsipining “hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas” degan asosiy qoidasi xalqaro-huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. Jinoyat huquqi odillik prinsipining mohiyati shundaki, shaxs sodir etgan qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu prinsip qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi va insonaprvarlik prinsiplari bilan bevosita bog‘liqdir. Download 57.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling