Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Download 57.2 Kb.
bet14/15
Sana13.04.2023
Hajmi57.2 Kb.
#1349813
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

Ayb uchun javobgarlik prinsipi

Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 9-modda-sida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:


“Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.”
Ayb uchun javobgarlik prinsipi:
birinchidan, jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy (individual) javobgarligini;
ikkinchidan, faqat qasd va ehtiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishini angla-tadi21.
Ya’ni shaxs aybi bo‘lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi bo‘lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

NOTA BENE!




Ayb bu – shaxsning jinoyat qonuni bilan belgilangan o‘zining ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga nisbatan ruhiy va intel-lektual munosabatining yig‘indisi hisoblanadi, ya’ni ayb deganda shaxsning o‘z qilmishiga nisbatan subyektiv ruhiy munosabati tushuniladi.

Ayb qasd (to‘g‘ri qasd, egri qasd) va ehtiyotsizlik (beparvolik, o‘z-o‘ziga ishonish) shakllarida bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy xavfli qilmishlar faqat aybli, ya’ni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi.
Ayb uchun javobgarlik prinsipi – “Ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniqlanmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi”,- degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida qadimgi Rim huquqida ham mavjud bo‘lib, quyidagi formula orqali ifodalanadi:
“Nullum crimen, nulla poena sine cupla” – “ Aybsiz jinoyat ham, jazo ham bo‘lmaydi”,- degan ma’noni bildiradi22.
Ayb uchun javobgarlik prinsipi subyektiv jihatdan shaxsning o‘z ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga nisbatan ruhiy munosa-batini anglatsa, obyektiv jihatdan jinoyat qonunida aybi bo‘lmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilab qo‘yilganligida ifodalanadi.
Bundan tashqari, jinoyat qonuni “aybsiz holda zarar yetkazish” uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksining 24-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini ang-lamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqiba-tiga ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz holda zarar yetkazish jinoyat huquqida “kazus” (“cazus”) deb ataladi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Bunday kazuslar odatda fors major hollari, yengib bo‘lmas kuchlar natijasida yuzaga keladi.
Demak, ayb uchun javobgarlik prinsipi – ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan aybi isbotlangan shaxsgina jinoiy javobgarlikka tortilishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun javobgarlik prinsipiga amal qilingan holda tuzilgan bo‘lib, unda “Ayb” deb nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning shakllari, murakkab aybli jinoyatlar, aybsiz holda zarar yetkazish kabi jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan.



Download 57.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling